• uzbekistan
  • uzbekistan
  • Русский
  • English

Doktorantura va iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi

Bo’limning vazifalari va funksiyalari:

Universitetning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, o‘z ichiga universitetdagi barcha ilmiy tarmoqlarni (bakalavr, magistratura, doktarantura, talabalar ilmiy jamiyati, yosh olimlar kengashi, ilmiy loyihalar, o‘quv to‘garaklar va hokazo) birlashtiradi va faoliyatni muvofiqlashtiradi; start up tanlovlarini qatnashmoqchi bo‘lgan yoshlarning ilmiy-ijodiy faoliyatini rivojlantirish; universitet kafedralarida talabalar ilmiy qobiliyatini rivojlantirish va ro‘yobga chiqarish imkonini beruvchi ilmiy to‘garaklarni talabalarning fikrini o‘rgangan holda tashkil etish; mutaxassislikdan kelib chiqqan holda talabalar orasidan iqtidorli va salohiyatli talabalarni tanlash va ilmiy to‘garaklarga a’zo bo‘lishga tavsiya berish; talabalarni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish hamda ilmiy va texnikaviy ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirish; talabalarning ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish,  malakali mutaxassis yoki tadqiqotchi uchun muhim bo‘lgan sifatlar, ko‘nikmalar va mahoratlarni shakllantirish, xorijiy tillarni egallash va chet ellarga malaka oshirishga yo‘naltirish; Doktarantura va iqtidorli talabalarning ilmiy faoliyatlarini rivojlantirish maqsadida aksiya, ko‘rgazma seminar hamda talabalar ilmiy olimpiada va konferensiyalarini hamkorlikda tashkil etish; ilmiy faoliyatga salohiyatli bo‘lgan iqtidorli talabalarni Toshkent davlat agrar universitet nomli ichki va Davlat stipendiyalariga tavsiya etish va yo‘naltirish; universitetning ilmiy to‘garaklarini tashkil etadi; universitetda eng ilg‘or to‘garaklar faoliyatini o‘rganadi, tajribalarini tahlil etadi, umumlashtiradi va ularni boshqa ilmiy to‘garaklar orasida ommalashtirishni tashkil etadi; universitetda tahsil oluvchi iqtidorli talabalarni qiziqishlari bo‘yicha ilmiy faoliyatga yo‘naltiradi.

Bo’lim tomonidan o’tkaziladigan tanlovlar to’g’risida ma’lumot:

«Mening agrostartap loyiham» loyihalar, O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi tomonidan ta’sis etilgan «Vazir stipendiyasi», «Agroinnovatsiya», «Ideaton – Uzbekistan 2030», «Top 10 Innovator», «Fan olimpiadasi», «Toshkent davlat agrar universiteti ichki stipendiyasi», «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari», «Ayollar biznesiga birinchi qadam», «Agrotech», «Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material», fizika va kimyo fanlaroga oid «Kelajak ixtirochilari», «Agromuhandislik fan olimpiadasi», «Yangi O’zbekistonda ilm-fan qaldirg’ochlari» ilmiy-amaliy talabalar konferensiyasi» tarkibida o’tkaziladigan innovatsion loyihalar hamda «Techno Ways», startap loyiha va ishlanmalar tanlovlari o’tkaziladi.

Bo’lim tomonidan erishilgan yutuqlar:

2024-yilda talabalar tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalar, loyihalar, startaplar, mualliflik guvohnomalari

Startap loyiha muallifi bo’lgan 2 nafar talabaning loyihasiga moliyalashtirish uchun grand mablag’alari ajratilgan; 2 nafar talaba Patent, 15 nafar talaba DGU mualliflik guvohnomasi; “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovida ishtirokchilar 198 nafar; shundan tuman bosqichida 47 nafar; viloyat bosqisida 11 nafar; Respublika bosqichida 6 nafar talaba g‘olib bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekistonda, ilm-fan qaldirg‘ochlari” ilmiy amaliy konferensiyada startap loyihalar tanlovi g‘oliblari 10 nafar; “Mening agrostart up loyiham” loyihalar tanlovi g‘oliblari 20 nafar; 2 nafar talaba “Innox biznes inkubator” dasturi ishtirokchisi;  

Davlat va nomli stipendiya g‘oliblari

Jami 10 nafar davlat stipendianti: shundan; 1 nafar doktorant Prezident stipendiyasi; 1 nafar magistr Prezident stipendiyasi; 1 nafar bakalavr Prezident stipendiyasi; 4 nafar Beruniy stipendiyasi; 1 nafar Islom Karimov stipendiyasi; 2 nafar Navoiy stipendiyasi; 23 nafar talabalar Toshkent davlat agrar universiteti nomli ichki stipendiyasi g‘oliblari bo‘ldi. 

Iqtidorli talabalar

Talabalarning respublika va xalqaro nashrlarda e’lon qilgan maqolalari

Scopus ilmiy ma’lumotlar bazasida 1 ta; Xalqaro OAK ro‘yxatidagi jurnal, konferensiyalarda nashr qilingan maqolalar soni 6 ta; OAK ro‘yxatidagi Respublika miqyosida o‘tkazilgan jurnal, konferensiyalarda nashr etilgan maqolalar soni 200 ta; Impocat Factor iqtibosligi yuqori bo‘lgan jurnallarda maqolalar soni 500 tani tashkil etadi.

Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha erishilgan boshqa natijalar

1 nafar talaba “Zulfiya” nomidagi davlat mukofati; 3 nafar talaba “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni; 1 nafar “Yoshlar akademiyasi lideri” nishoni; 1 nafar talaba “Kichik biznes sohasiga innovatsion yondashuvlar va startaplar” Respublika tanlovida g‘olib; 6 nafar “Yoshlar va innovatsion qishloq xo‘jaligi” Respublika ko‘rik tanlovida 2-o‘rinni egallab Xitoy Xalq Respublikasiga sayohat qilindi; 3 nafar talaba O’zbekistonda «Science box» ilmiy tadqiqot markazi va Indian Journal hamkorligida ingliz tilida tashkil etilgan «INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCHER» (XALQARO ILMIY TADQIQOTCHI) xalqaro fanlararo ilmiy-amaliy tanlovida  faol ishtirok etib, eng yaxshi maqola nominatsiyasi bo‘yicha sertifikat va ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Respublika yosh olimlar kengashi hamkorligida “Akademik viktorina” tanlovida jamoaviy g‘oliblik; 1 nafar talaba Respublika «Volontyorlar loyihalari 2024» tanlovi g‘olibi;  4 nafar tayanch doktorant “Agroinnovatsiya va yoshlar” ko‘rik tanlovining Respublika bosqichida  jamoaviy g‘oliblik; 3 nafar talaba Toshkent davlat agrar universiteti fan olimpiadasi g‘olibi; 3 nafar talaba “Yosh dasturchi” tanlovining universitet bosqichi g‘olibi; 3 nafar talaba “Ideaton- O‘zbekiston 2030” loyihalar tanlovining universitet bosqichi g‘olibi; 3 nafar talaba “Ayollar biznesiga birinchi qadam” loyihalar tanlovining universitet bosqichi g‘olibi; 3 ta jamoalar “Ustoz-shogird” zakovat intellektual o‘yini g‘olibi.  

Kafedralar qoshida faoliyat yuritayotgan ilmiy to‘garaklar va o‘quv kurslari

32 nafar ilmiy to‘garaklar hamda 1500 nafardan ortiq talabalar to‘garak a’zolari; 24 nafar o‘quv kurs hamda 300 nafar talaba kurs a’zolari.

2023-yilda talabalar tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalar, loyihalar, startaplar, mualliflik guvohnomalari

“Mirzo Ulug‘bek Vorislari” Respublika tanlovida ishtirokchilar 102 nafar; Shundan tuman bosqichida 13 nafar; Viloyat bosqisida 7 nafar; Respublika bosqichida 2 nafar talaba g‘olib bo‘ldi. startap loyihalar tanlovi g‘oliblari 10 nafar; “Agro start up” loyihalar tanlovi g‘oliblari 20 nafar “Mening start up loyiham” loyihalar tanlovi g‘oliblari 20 nafar;  

Davlat va nomli stipendiya g‘oliblari

Jami 9 nafar davlat stipendianti: Shundan; 1 nafar doktarant Prezident stipendiyasi: 1 nafar magistr Prezident stipendiyasi; 1 nafar bakalavr Prezident stipendiyasi; 4 nafar Beruniy stipendiyasi; 1 nafar Islom Karimov stipendiyasi; 1 nafar Navoiy stipendiyasi; 7 nafar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ta’sis etilgan “Vazir stipendiyasi”; 31 nafar talabalar Toshkent davlat agrar universiteti nomli ichki stipendiyasi g‘oliblari bo‘ldi. 

Talabalarning respublika va xalqaro nashrlarda e’lon qilgan maqolalari

Scopus va Web of Science jurnalarida 264 ta; xorijiy ilmiy jurnallarda 480 ta; OAK ro‘yxatidagi jurnallarda 350  ta; xalqaro xorijiy konferensiyalarda 260 tani tashkil etadi.

Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha erishilgan boshqa natijalar

1 nafar talaba “Zulfiya” nomidagi davlat mukofati; 1 nafar “Kelajak bunyodkori” ko‘krak nishoni; 1 nafar talaba “Mard o‘g‘lon” nomidagi davlat mukofati; 6 nafar “Yoshlar va innovatsion qishloq xo‘jaligi” Respublika ko‘rik tanlovi g‘oliblari; 1 nafar talaba “Yil talabasi” Respublika tanlovi g‘olibi;  “Butunjahon oziq-ovqat kuniga bag‘ishlangan” foto tanlovda universitetimiz talabalaridan 2 nafari g‘olibi;

1 nafar talaba Amerika Qoʻshma Shtatlarining Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan Oʻzbekiston boʻyicha bakalavriat talabalari uchun oʻtkazilgan Network & International Exchange Development tanlovida gʻolibi; 6 nafar talaba16-20 oktabr kunlari Rimdagi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh qarorgohida bo‘lib o‘tgan Butunjahon oziq-ovqat forumida ishtirok etganlar.

Kafedralar qoshida faoliyat yuritayotgan ilmiy to‘garaklar va o‘quv kurslari

28 nafar ilmiy to‘garaklar hamda 354 nafar talaba to‘garak a’zolari; 27 nafar o‘quv kurs hamda 300 nafar talaba kurs a’zolari; Kafedralar tarkibida 10 ta servis guruhlari shakllantirildi hamda servis guruhlarga 60 nafar talabalar jalb qilindi.

2022-yilda Davlat va nomli stipendiya g‘oliblari

Jami 7 nafar davlat stipendianti: Shundan; 1 nafar magistr Prezident stipendiyasi; 1 nafar bakalavr Prezident stipendiyasi; 3 nafar Beruniy stipendiyasi; 1 nafar Islom Karimov stipendiyasi; 1 nafar Navoiy stipendiyasi; 7 nafar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ta’sis etilgan “Vazir stipendiyasi”; 27 nafar talabalar Toshkent davlat agrar universiteti nomli ichki stipendiyasi g‘oliblari bo‘ldi. 

Talabalarning respublika va xalqaro nashrlarda e’lon qilgan maqolalari

Xalqaro OAK ro‘yxatidagi jurnal, konferensiyalarda nashr qilingan maqolalar soni 4 ta; OAK ro‘yxatidagi Respublika miqyosida o‘tkazilgan jurnal, konferensiyalarda nashr etilgan maqolalar soni 155 ta; Impocat Factor iqtibosligi yuqori bo‘lgan jurnallarda maqolalar soni 456 tani tashkil etadi.

Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha erishilgan boshqa natijalar

1 nafar talaba “Mard o‘g‘lon” nomidagi davlat mukofati; 1 nafar talaba “Shuhrat” nomidagi medali;