favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

«Ekofiziologik tadqiqotlar» ilmiy laboratoriyasi

Xamirayev O'rol  Kaxramonovich

Xamirayev O'rol Kaxramonovich

Laboratoriya mudiri

“Ekofiziologik tadqiqotlar” ilmiy laboratoriyasi Universitet xududidagi “Agrokimyo”  binosining 1-qavt qismida  joylashgan. Laboratoriyada 5 ta yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Bularga:  

-Tuproq-suv tahlili  va agrokimyoviy tadqiqotlar;

Oziq-ovqat mahsulotlarining analitik tahlili;

Oziq-ovqat mikrobiologiyasi;

Molekulyar biologik tadqiqotlar; 

Qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi hamda paxta tolasi sifati tahlili kabilar.

Laboratoriyada “Tuproq-suv tahlili va agrokimyo” yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi asosiy tahlil va tadqiqotlar olib boriladi.

Tuproq tahlillari bo‘yicha: tuproqning mexanik tarkibi, (pH ) miqdori bo‘yicha kislotali, ishqoriy yoki neytral holatini aniqlash, gumus miqdori – organik modda darajasi, azot, fosfor, kaliy kabi asosiy ozuqa elementlarining miqdori, mikroelementlar – bor, marganets, rux, mis va boshqalar, sho‘rlanish darajasi – umumiy sho‘rlanish va boshqalar.

Suv tahlillari bo‘yicha:  pH darajasi, elektr o‘tkazuvchanligi (EC) – suvning sho‘rlik darajasi, oqova suvlar tarkibi – nitrat, fosfat, sulfat, ammoniy va og‘ir metallardan iborat ifloslantiruvchilar, qattiqlik darajasi, kalsiy va magniy miqdori va boshqalar.

Agrokimyoviy tadqiqotlar bo֥‘yicha: O‘g‘itlarning samaradorligini baholanadi, tuproqqa solinadigan moddalarning ta’siri o‘rganiladi, agrokimyoviy xaritalar tuziladi, o‘simliklarning ozuqaviy holatini tahlil qilinadi vam meliorativ tadbirlarning samaradorligini aniqlanadi.

“Oziq-ovqat mahsulotlarining analitik tahlili” yo‘nalishida – Namlik miqdori (suv miqdori), kul miqdori (organik va noorganik tarkib), pH darajasi, quvvatlilik (energiya qiymati) yog‘, oqsil, uglevodlar miqdori, suvda eruvchan quruq qoldiq, asl holatdagi mahsulot massasi va konsentratsiyasi, tuz (NaCl), shakar (saxaroza), kislotalik miqdori, spirtli ichimliklar uchun etanol miqdori, vitaminlar (masalan, C vitamini, B guruhi, A va E), fermentlar faolligi, antioksidantlar miqdori, oziq-ovqatdagi allergen moddalar aniqlanishi va boshqalar.

“Oziq-ovqat mikrobiologiyasi yo‘nalishida” – koloniya hosil qiluvchi mikroorganizmlar umumiy sonini aniqlash. Bu ko‘rsatkich mahsulotning mikrobiologik holati va sanitariya darajasini ko‘rsatadi. Ichak tayoqchasi guruhi – gigiena buzilganini ko‘rsatadi. Escherichia coli (E. coli) – ichak infektsiyalarini keltirib chiqaruvchi bakteriya turlari aniqlanadi. Enterobakteriyalar -ichki ifloslanish belgisi ko‘rsatadi. Sanitariya-gigiena me’yorlariga muvofiqlik. Mahsulotning yaroqlilik muddati davomida mikroorganizmlarning o‘sish holati. Mahsulotning saqlash, ishlab chiqarish va tarqatish jarayonlaridagi gigiena darajasi.

Molekulyar biologik tadqiqotlar” bo‘yicha – DNK va RNKni ajratib olish (ekstraksiya), genetik material sifatini va miqdorini aniqlash (spektrofotometriya, gel elektroforezi orqali), PCR (Polimeraza Zanjir Reaksiyasi), oddiy (konvensional) PCR  belgilangan genetik ketma-ketlikni aniqlash, real-time PCR (qPCR): genlarning ifodalanishini yoki patogen yuklamasini aniqlash,  Genetik identifikatsiya (biologik namunalardan tur/species aniqlash), GMO (genetik modifikatsiyalangan organizmlar) aniqlash,transgen organizmlarni tahlil qilish (masalan, qishloq xo‘jaligi ekinlari),bakteriyalar, viruslar va zamburug‘larning genetik aniqlanishi va boshqalar.

“Qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi hamda paxta tolasi sifati tahlili” yo‘nalishida – Urug‘liklarning biologik tozaligi tahlili (navning sofligi, boshqa navlardan aralashmalar). Urug‘liklarning unuvchanligi, namligi, massasini aniqlash. urug‘liklarda kasalliklar yoki zararkunandalar mavjudligini tekshirish. Paxta tolasi sifatini tahlil qilishda tola uzunligi (shtapel): qisqa, o‘rta yoki uzun tola turiga kirishini aniqlash, tola kuchi (tenzilsion kuch): qanchalik mustahkamligi, mikroner: tolalarning ingichkaligi darajasi. rangi: tolaning oq, kulrang yoki sarg‘ish tusda bo‘lishi, namlik darajasi: texnik standartlarga mosligini baholash. shaffoflik va ifloslik darajasi. (ip yigirish sifatiga ta’siri bor).

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.