Axmurzayev Shavkat Isakovich
-
Kaf.mudiri: Dehqonchilik va melioratsiya kafedrasi
-
Ilmiy daraja:q.x.f.d. (DSc)
-
Ilmiy unvoni:dotsent
Ahmurzaev Shavkat Isakovich 1998 yilda Toshkent davlat agrar universitetining Agronomiya fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi “Olim agronom”. Oilali, uch farzandi bor.
Mehnat faoliyatini Toshkent davlat agrar universiteti “Dehqonchilik va qishloq xo‘jaligi melioratsiyasi” kafedrasida stajyor tadqiqotchi lavozimidan boshlagan. Mehnat faoliyati davomida kafedrada assistent, katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida, shuningdek universitetning O‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti markazi rahbari, Agrobiologiya fakulteti dekani o‘rinbosari hamda Dehqonchilik va melioratsiya kafedrasi mudiri lavozimlarida xizmat ko‘rsatib kelgan. Hozirgi kunda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuqori ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega malakali kadrlar tayyorlashda faol ishtirok etib kelmoqda.
Ahmurzaev Shavkat Isakovich 1999-2002 yillarda aspiranturaning kunduzgi bo‘limida o‘qigan. 2002 yildan kafedrada to‘liq assistentlik lavozimida ishladi. 2012 yildan 2017 yil noyabr oyigacha kafedrada katta o‘qituvchi lavozimida ish olib bordi. 2017-2018 yillarda Toshkent davlat agrar universiteti O‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti markazi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.
2018-2020 yillarda Toshkent davlat agrar universiteti Dehqonchilik va melioratsiya kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan. 2020-2023 yillarda Toshkent davlat agrar universiteti doktaranti, 2023 yildan hozirgacha Toshkent davlat agrar universiteti Dehqonchilik va melioratsiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
2002 yil Isroilning “Mashav” xalqaro hamkorlik markazi tomonidan o‘tkazilgan “Isroil texnologiyasi bo‘yicha tomchilatib sug‘orish” mavzusidagi o‘quv kursida malakasini oshirdi. 2005 yil “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” yo‘nalishi bo‘yicha, 2008 yili TDTU qoshidagi Oliy injiniring pedagogika institutida “Pedagogik qayta tayyorlash” bo‘yicha va 2017 yil oktyabr oyida ToshDAU qoshidagi PKQTMO tarmoq markazida malaka oshirish kursini tugatdi. 2019 yil 21-iyuldan 12-sentabrgacha Xitoy Xalq Respublikasining Hunan provinsiyasi, Chansha shahrida bo‘lib o‘tgan o‘quv-trening kurslarida malaka oshirib keldi.
Ahmurzaev Shavkat Isakovich 2018 yilda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini, 2025 yilda qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
-
Ta'lim
-
2023kafedra mudiri
-
