favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Jo‘raev Sirojiddin Turdikulovich

Jo‘rayev Sirojiddin Turdiqulovich 1978-yil 17-fevral kuni Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 2001-yilda Toshkent davlat agrar universitetining «Paxta urug‘chiligi va seleksiyasi» mutaxassisligiga ega bo‘lgan.

 

2001-2004 yillarda O‘zbekiston G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy-tadqiqot institutining kunduzgi bo‘lim aspiranturasida o‘qigan.

2005-2009 yillarda shu institut kichik ilmiy xodimi.

2009- 2013 yilda shu institut ilmiy xodim va katta ilmiy xodimi.

2013-2016 yillar Toshkent davlat agrar universiteti “Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi” kafedrasi dotsenti.

 

2017-2018 yillarda Toshkent davlat agrar universiteti “O‘rmon xo‘jaligi va manzarali bog‘dorchilik” fakulteti dekani.

2018-2021 yilda Toshkent davlat agrar universiteti “Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi” kafedrasida dotsenti.

2021 yildan “Qishloq xo‘jaligi ekinlari  seleksiyasi va urug‘chiligi” kafedrasida mudiri professor lavozimida ishlamoqda.

 

Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida MB-A-KX-20L8-205-raqamli «G‘o‘zaning introgressiv shakllar asosida olingan duragay va tizmalarning O‘zbekistondagi har xil tuproq-iqlim sharoitlarda bo‘lgan adaptiv potensialidan foydalanish orqali hosildor navlar yaratish» (2018-2020) mavzularidagi amaliy loyiha”,  (2019-yil 1-maydagi 77-k-sonli buyrug‘i) hamda FZ-201912133-raqamli “O‘rmon fondi yerlarida dorivor shirinmiya – Glusurrhiza glabra  va oq zira – Foepisulum vulgare Mil. o‘simliklarini turli tuproq-iqlim sharoitlarida yetishtirishning yuqori hosildorligini ta’minlovchi ilg‘or texnologiyalarini ishlab chiqish” (2020-yil 1-apreldagi 10-sonli shartnoma) mavzulardagi amaliy loyihalarda katta ilmiy xodim lavozimida ishtirok etgan.

 

Qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi ilmiy darajasi olish maqsadida “G‘o‘za navlarining kombinativ qobiliyati va geterogenlik darajasini klaster va diallel usullari asosida baholash” mavzusidagi dissertatsiyasini 2005-yilning 27-noyabrda O‘zbekiston G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi D.020.55.01-raqamli Ilmiy kengashda 06.01.05 – “Seleksiya va urug‘chilik” ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan va 2009-yil 26-fevralda qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan (01 № 011107).

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2019-yil 10-dekabrdagi 272/1-sonli bayonnomasi bilan “Seleksiya va urug‘chilik” ixtisosligi bo‘yicha dotsenti ilmiy unvonini olgan (03 № 009067).

 

Biologiya fanlari doktori (DSs) ilmiy darajasi olish maqsadida “G‘o‘zaning introgressiv duragay va tizmalarning O‘zbekistondagi har xil tuproq-iqlim sharoitlarda bo‘lgan adaptiv potensialidan foydalanish” mavzusidagi dissertatsiyasini 2021-yilning 20-dekabrda Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutada 03.00.09 – “Umumiy genetika” ixtisosligi boʻyicha himoya qilgan va 2021-yil 30-dekabrda biologiya fanlari doktori (DSs) ilmiy darajasini olgan (04 № 006773). S.T.Jo‘raevga 2023 yil 1-aprelda №004362 “Seleksiya va urug‘chilik” ixtisosligi buyicha professorlik ilmiy unvonini oldi.

  • Grantlar

    • 2015-2017 yillar
      KA-9-003 “Sozdanie resursosberegayuщix ekologicheski chistыx texnologiiy vozdelыvaniya Cucbrbita moschata Duchesne, Cucurbita maxima Duchesne, Cucurbita pepo L., Linun brevimulticaulia, Brassica napus L., Carthamus tictorius L. o‘simliklarni tajriba uchastkalarida seleksiya ishlarini o‘tkazish”
    • 2017-2018 yillar
      VA-KXA-9-009 “Moyli (maxsar, zig‘ir va kunjut) ekinlar urug‘larining sifatini biologik faol polimer birikmalar bilan oshirishning qonuniyatlarini asoslash va ularning birlamchi urug‘chilik tizimini shakllantirish”
  • Patentlar

    • 2020-2023
      “O‘rmon fondi yerlarida dorivor shirinmiya – Glusurrhiza glabra va oq zira – Foepisulum vulgare Mill. o‘simliklarini turli tuproq-iqlim sharoitlarida yetishtirishning yuqori hosildorligini ta’minlovchi ilg‘or texnologiyalarini ishlab chiqish”
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.