Uchrashuv Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilib, Qibray tumanidagi ta’lim muassasalari bitiruvchi yoshlarini kutib olish bilan boshlandi. Tadbirni universitet rektori N.Oblomuradov samimiy va ilhombaxsh kirish so‘zi bilan ochib berdi. Bitiruvchi yoshlarga “Tezkor tayyorlov kurslari”, “Green Camp 2025” yozgi maktabi, universitet bazasida tashkil etilgan haftalik “Yozgi maktab” loyihasi va “Kelajakka qadam” tashabbuslari yuzasidan tegishli mutaxassislar tomonidan taqdimot qilinib, atroflicha ma’lumotlar berildi. Universitetning 7-sonli talabalar turar joyida tashkil etilgan “Gulchilik to‘garagi” a’zolari tomonidan parvarish qilinayotgan gullar ko’rgazmasi tashkil etilib, ushbu manzarali gullardan yoshlarga hadiya qilindi
Shuningdek, uchrashuv bayramona kayfiyat, madaniy-ma’rifiy ruhga ulanib ketdi.“Agrar yulduzlari” ansambli tomonidan ijro etilgan konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. Kuy-qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga katta zavq bag‘ishladi.
Ma’lumot o’rnida, uchrashuv davom etmoqda. Yoshlarni oldinda universitetning o’quv tajriba xo’jaligi, laboratoriyalar, “Kelajakka qadam” biznes inkubatoriga sayohat hamda mazali tushlik kutmoqda
Ijtimoiy tarmoqlar: