logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Meva-sabzavotçilik va uzumçilik fakulteti

Agar siz meva-sabzavotlarning yashirin hayotiy sirlarini ochishni va ekologik barqaror kelajakni yaratishni istasangiz – bu fakultet aynan siz uchun!

 

Fakultetda talabalar zamonaviy agrotexnologiyalar, uzumchilik va meva-sabzavotchilik sirlarini o‘zlashtirib, ekologik toza ishlab chiqarish bo‘yicha innovatsion yondashuvlarni amaliyotda qo‘llashni o‘rganadilar. Fakultetning tarixi 1941-yilga borib taqaladi. Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti bugungi kunga kelib nafaqat o‘z sohasining ilg‘or mutaxassislarini tayyorlabgina qolmay, balki qishloq xo‘jaligining yuksalishiga munosib hissa qo‘shmoqda.

 

Bugungi kunda fakultet tarkibida:

 

10 nafar fan doktori,

39 nafar fan nomzodi,

60 dan ortiq professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda.

Ularning sa’y-harakatlari natijasida shu kungacha 1690 nafardan ortiq mutaxassis hayotda o’z o’rnini topgan.

 

 

Fakultet tarkibida quyidagi kafedralar faoliyat yuritadi:

 

  • Mevachilik va uzumchilik

  • Sabzavotchilik va issiqxona xo‘jaligini tashkil etish

  • Ekologiya va botanika

  • Tillar

 

Ushbu fakultetda ta’lim olish «yashil» kelajakni yaratish yo‘lida ishonchli qadamdir! 

 

Qurbonmurodov Akbar Chorievich

Qurbonmurodov Akbar Chorievich

Dekan

Yutuqlar

  • 3
    Kafedralar
  • Professorlar

Fakultet tarixi

2010

Meva-sabzavotçilik va uzumçilik fakulteti

Meva-sabzavotçilik va uzumçilik fakulteti öz faoliyati davomida meva-sabzavotçilik va uzumçilik sohalari uçun yuqori malakali mutaxassislar, ilmiy hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaş, şuningdek, qişloq xöjaligining uşbu yönalişlarini rivojlantirişga munosib hissa qöşib kelmoqda.
Fakultet Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 27-avgustdagi 563-sonli farmoyişiga asosan, Toşkent davlat agrar universitetida meva-sabzavotçilik va uzumçilik yönalişlari böyiça malakali kadrlar tayyorlaş sifatini yanada oşiriş maqsadida 2010-yil 1-oktabrda taşkil etilgan.
Fakultet faoliyati davomida meva-sabzavotçilik va uzumçilik tarmoqlari uçun yetuk mutaxassislar tayyorlaş, meva va sabzavot ekinlarini yetiştiriş texnologiyalarini takomillaştiriş, boğdorçilik va uzumçilik sohalarida ilmiy izlanişlarni rivojlantirişga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Bugungi kunda Meva-sabzavotçilik va uzumçilik fakulteti agrar sohaning muhim tarmoqlari uçun yuqori malakali kadrlar tayyorlaş, zamonaviy agrotexnologiyalarni öquv jarayoni va işlab çiqarişga joriy etiş, meva-sabzavot mahsulotlari yetiştiriş hajmi va sifatini oşiriş hamda mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaşda muhim örin egallaydi.
Meva-sabzavotçilik va uzumçilik fakulteti
1930-yilda Örta Osiyo davlat universitetining qişloq xöjaligi fakulteti negizida Örta Osiyo qişloq xöjaligi instituti taşkil etildi. 1934–1991-yillarda uşbu institut Toşkent qişloq xöjaligi instituti nomi bilan faoliyat yuritdi. 1991-yil aprel oyida institutga Toşkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.