logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Qişloq xо‘jaligi mahsulotlarni saqlaş va qayta işlaş fakulteti

Zamonaviy bilimlar, innovatsion texnologiyalar va sifatli oziq-ovqat
kelajagi!

Qişloq xöjaligi mahsulotlarini saqlaş va qayta işlaş fakulteti 2019-yilda mustaqil
fakultet sifatida taşkil topgan bölib, universitetining muhim ta’lim va ilmiy
salohiyatga ega tarkibiy bölinmalaridan biri hisoblanadi.Fakultet faoliyati qişloq
xöjaligi mahsulotlarini yetiştirişdan tortib, ularni saqlaş, qayta işlaş, sifatini baholaş,
standartlaştiriş va iste’molçiga yetkazişgaça bölgan jarayonlar uçun zamonaviy
bilim va amaliy könikmalarga ega mutaxassislar tayyorlaşga qaratilgan.

Fakultetda oziq-ovqat sanoati, qişloq xöjaligi mahsulotlarini saqlaş va qayta
işlaş, metrologiya, standartlaştiriş hamda mahsulot sifatini nazorat qiliş kabi
istiqbolli sohalar böyiça ta’lim va ilmiy-tadqiqot işlari olib boriladi.

Fakultet taşkil etilganda 2019-2021-yillar professor A.Şokirov, 2021-yil dotsent
M.Odinayev, 2021-2025-yillar professor A.Safarov, 2025-2026-yillar professor
J.Eshonqulovlar dekan sifatida rahbarlik qilgan. 2026-yil iyul oyidan hozirga qadar
dotsent Roziqov Jahongir Mustaqim öğli fakultet dekani lavozimida faoliyat olib
bormoqda.

 

Ta’lim yönalişlari

Fakultetda ta’lim jarayoni zamonaviy işlab çiqariş talablari, ilm-fan yutuqlari va
mehnat bozori ehtiyojlari asosida taşkil etiladi. Talabalarga quyidagi ta’lim
yönalişlari va magistr mutaxassisliklar böyiça bilim va kasbiy kompetensiyalar
beriladi:

• Qişloq xöjaligi mahsulotlarini saqlaş va qayta işlaş texnologiyasi;

• Metrologiya va standartlaştiriş;

• Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari böyiça).

Magistratura mutaxassisliklari

• Oziq-ovqat xavfsizligi;

• Mahsulotlar xavfsizligi va ularning sertifikatsiyasi;

• Qişloq xöjaligi mahsulotlarini saqlaş va dastlabki işlaş texnologiyasi;

• Oziq-ovqat texnologiyasi;

• Çorvaçilik mahsulotlarini qayta işlaş texnologiyasi.

Ta’lim jarayonida nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyğunlaştirişga alohida
e’tibor qaratiladi. Talabalar zamonaviy laboratoriyalarda, işlab çiqariş korxonalarida
va hamkor taşkilotlarda amaliy maşğulotlar hamda işlab çiqariş amaliyotlarini
ötaydilar.

 

Ilm-fan va innovatsiyalar

Fakultetda qişloq xöjaligi mahsulotlarini uzoq muddat sifatli saqlaş, qayta işlaş
samaradorligini oşiriş, resurstejamkor texnologiyalarni joriy etiş, oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlaş, mahsulotlar sifatini baholaş va xalqaro standartlarni
amaliyotga tatbiq etiş böyiça ilmiy-tadqiqot işlari olib boriladi.

Professor-öqituvçilar va yoş tadqiqotçilar tomonidan ilmiy maqolalar,
innovatsion işlanmalar, ilmiy loyihalar va amaliy tavsiyalar işlab çiqiladi. Talabalar
ham ilmiy tögaraklar, konferensiyalar, tanlovlar va innovatsion loyihalarda faol
iştirok etiş imkoniyatiga ega.

Fakultet tarkibida quyidagi kafedralar faoliyat yuritadi:
1.Qişloq xöjaligi mahsulotlarini saqlaş, qayta işlaş va qadoqlaş
2.Qişloq xöjaligi mahsulotlarini standartlaştiriş va sertifikatlaş
3.Tabiiy fanlar kafedralari faoliyat yölga qöyilgan.

Bugungi kunda ushbu kafedralarda 10 nafar professor, 26 nafar dotsent,
9 nafar katta öqituvçi 13 nafar assistant va 2 nafar stajyor öqituvçi faoliyat
yuritmoqda. Fakultetda ilmiy salohiyat 71,6%ni taşkil etadi.

 

Işlab çiqariş bilan hamkorlik

Fakultet faoliyatining ustuvor yönalişlaridan biri – oliy ta’lim va işlab çiqariş
integratsiyasini rivojlantirişdir. Şu maqsadda oziq-ovqat sanoati korxonalari,
standartlaştiriş va sertifikatlaştiriş taşkilotlari, ilmiy muassasalar hamda soha
korxonalari bilan hamkorlik aloqalari yölga qöyilgan.

Dual ta’lim tizimi, işlab çiqariş amaliyoti, korxonalardagi kafedra filiallari va
mutaxassislar iştirokidagi maşğulotlar orqali talabalar real işlab çiqariş jarayonlari
bilan yaqindan tanişadilar. Bu esa ularning kasbiy tajribasi va mehnat bozoridagi
raqobatbardoşligini oşirişga xizmat qiladi.

 

Bitiruvçilar uçun imkoniyatlar

Fakultet bitiruvçilari oziq-ovqat va qayta işlaş sanoati korxonalari, sovutiş va
saqlaş majmualari, laboratoriyalar, standartlaştiriş va sertifikatlaştiriş taşkilotlari,
sifat nazorati markazlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda davlat va xususiy
taşkilotlarda faoliyat yuritiş imkoniyatiga ega.

Şuningdek, bitiruvçilar öz tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş, zamonaviy qayta
işlaş korxonalarini taşkil etiş, innovatsion texnologiyalarni işlab çiqarişga joriy etiş
va ilmiy faoliyat bilan şuğullanişlari mumkin.

 

Bizning maqsadimiz

Qişloq xöjaligi mahsulotlarining yöqotilişini kamaytiriş, ularning qöşilgan
qiymatini oşiriş, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlaş va mamlakatimiz oziq
ovqat sanoati rivojiga munosib hissa qöşadigan, zamonaviy fikrlaydigan,
taşabbuskor va xalqaro miqyosda raqobatbardoş mutaxassislarni tayyorlaş.

 

Fakultet–sifatli ta’lim, ilmiy izlaniş va işlab çiqariş uyğunligi orqali kelajak
mutaxassislarini tarbiyalaydi!

Roziqov Jahongir Mustaqim o'g'li

Roziqov Jahongir Mustaqim o'g'li

Dekan

Yutuqlar

  • 3
    Kafedralar
  • Professorlar

Fakultet tarixi

2019

Qişloq xо‘jaligi mahsulotlarni saqlaş va qayta işlaş fakulteti

Qişloq xöjaligi mahsulotlarini saqlaş va qayta işlaş fakulteti yuqori malakali texnologlar, ilmiy hamda ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlaş, şuningdek, qişloq xöjaligi fanini rivojlantirişga ulkan hissa qöşib kelmoqda.
Fakultetda 400 nafarga yaqin qişloq xöjaligi mahsulotlarini saqlaş va qayta işlaş texnologlari, mahsulotlar sifatini baholaş va sertifikatlaş texnologlari hamda biotexnologlar tayyorlandi.
Fakultet yuqori malakali professor-öqituvçilar tarkibiga ega bölib, malakali mutaxassislar tayyorlaş va qişloq xöjaligi fanini rivojlantirişda yetakçi örinlardan birini egallaydi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-avgustdagi «Toşkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-4421-sonli qaroriga asosan, «Innovatsion texnologiyalar asosida mahsulotlarni saqlaş va qayta işlaş» fakultetining nomi «Qişloq xöjaligi mahsulotlarini saqlaş va qayta işlaş» fakulteti deb özgartirildi.
Qişloq xо‘jaligi mahsulotlarni saqlaş va qayta işlaş fakulteti
1930-yilda Örta Osiyo davlat universitetining qişloq xöjaligi fakulteti negizida Örta Osiyo qişloq xöjaligi instituti taşkil etildi. 1934–1991-yillarda uşbu institut Toşkent qişloq xöjaligi instituti nomi bilan faoliyat yuritdi. 1991-yil aprel oyida institutga Toşkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.