logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Qöşma ta'lim dasturlari fakulteti

Bizning fakultet faoliyati – sizga nafaqat sifatli taʼlim berish, balki xalqaro darajadagi diplomga ega bo‘lish imkoniyatini yaratishdir. Qo‘shma taʼlim dasturlari orqali siz bir vaqtning o‘zida ikkita – mahalliy va xorijiy oliy taʼlim muassasasining diplomini qo‘lga kiritishingiz, o‘qish jarayonida xorijda tahsil olish, yangi tillar va madaniyatlarni o‘rganish imkoniga ega bo‘lasiz.

 

Biz siz uchun xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda zamonaviy, amaliyotga yo‘naltirilgan va xalqaro talablar asosida ishlab chiqilgan o‘quv dasturlarini taklif qilamiz. Taʼlim jarayoni davomida siz xalqaro tajribaga ega professor-o‘qituvchilardan saboq olib, o‘z kasbiy yo‘nalishingizda mustahkam poydevor yaratasiz.

 

Agar siz orzularingiz sari ishonch bilan qadam qo‘yishga tayyor bo‘lsangiz, biz sizga bu yo‘lda ishonchli hamroh bo‘lamiz. Qo‘shma taʼlim dasturlari fakulteti – bu sizning global dunyoga ochilgan eshigingizdir.

 

 

Yangi imkoniyatlar, baland cho’qqilar va yorqin kelajak sizni kutmoqda!

 

Ushbu tizim orqali talabalar o‘qishning bir qismini Toshkent davlat agrar universitetida, qolgan qismini esa hamkor xorijiy universitetda davom ettiradilar. Mazkur yondashuv yoshlarning xalqaro ta’lim muhitida tahsil olib, ilmiy va amaliy salohiyatini mustahkamlash, shuningdek, global mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllanishiga xizmat qilmoqda.

 

Qo‘shma ta’lim dasturlarining ahamiyati:

 

 

Qo‘shma ta’lim: bu oddiy akademik almashinuvdan ko‘ra chuqurroq hamkorlik shakli bo‘lib, u:
Talabalar uchun xalqaro diplom olish imkoniyatini taqdim etadi;
O‘qituvchilar uchun ilmiy hamkorlik va tajriba almashinuvini kuchaytiradi;
Universitet reytingini xalqaro miqyosda oshirishga xizmat qiladi;
Milliy ta’lim tizimiga innovatsion yondashuvlar va ilg‘or tajribalarni joriy etadi.

 

 

Bugungi kunda Toshkent davlat agrar universiteti qo‘shma ta’lim dasturlarini yanada kengaytirish, ko‘p tarmoqli yo‘nalishlarda yangi hamkorlik shartnomalarini imzolash va ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

 

 

Har yilgi bitiruvchilar soni: 100 ga yaqin
Bitiruvchilar nechta xorijiy davlatlarda ishlamoqda: Germaniya, Vengriya, Litva, Turkiya, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa xorijiy davlatlarda.

Yakubov Farrux Komiljanovich

Yakubov Farrux Komiljanovich

Dekan

Yutuqlar

  • 1
    Kafedralar
  • Professorlar

Fakultet tarixi

2018

Qöşma ta'lim dasturlari fakulteti

Qöşma ta’lim dasturlari fakulteti Toşkent davlat agrar universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş, ta’lim sifatini oşiriş hamda qişloq xöjaligi sohasi uçun xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaş maqsadida taşkil etilgan.
Universitetda 2018-yildan boşlab yetakçi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qöşma ta’lim dasturlari joriy etila boşlandi. Mazkur dasturlar zamonaviy ta’lim tamoyillari asosida taşkil etilib, Özbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalari örtasida öquv rejalari hamda fan dasturlarini hamkorlikda işlab çiqiş, ta’lim jarayoniga ilğor xorijiy tajribalarni tatbiq etiş va maşğulotlarni ikki tomonlama professor-öqituvçilar tarkibi iştirokida olib borişni nazarda tutadi.
Qöşma ta’lim dasturlarining muhim jihatlaridan biri şundaki, tahsilni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvçilarga hamkorlikdagi ikki oliy ta’lim muassasasining diplomlari taqdim etiladi. Bu esa bitiruvçilarning xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoşligini oşiriş, xorijiy tajriba va zamonaviy bilimlarni egallaş hamda kasbiy faoliyatda keng imkoniyatlarga ega bölişiga xizmat qiladi.
Bugungi kunda Qöşma ta’lim dasturlari fakulteti xalqaro ta’lim hamkorligini kengaytiriş, ilğor xorijiy tajribalarni öquv jarayoniga joriy etiş, zamonaviy bilim va könikmalarga ega, xalqaro talablarga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaş hamda universitetning xalqaro nufuzini yuksaltirişda muhim örin egallaydi.
Qöşma ta'lim dasturlari fakulteti

Kafedralar

1930-yilda Örta Osiyo davlat universitetining qişloq xöjaligi fakulteti negizida Örta Osiyo qişloq xöjaligi instituti taşkil etildi. 1934–1991-yillarda uşbu institut Toşkent qişloq xöjaligi instituti nomi bilan faoliyat yuritdi. 1991-yil aprel oyida institutga Toşkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.