favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi

Baxronov Ilshod Baxronovich

Toshkent davlat agrar universiteti Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-iyuldagi 369-sonli qarori va universitet rektorining 2025-yil 3-apreldagi 1-9-6/60-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan bo‘lib, universitet tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

Asosiy vazifalar

Bo‘limning asosiy vazifalari — sog‘lom va xavfsiz o‘quv-mehnat muhitini yaratish, fuqaro muhofazasi va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha nazorat va uslubiy-tashviqot ishlarini olib borish, shuningdek professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarga tegishli yo‘nalishlarda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishdan iborat.

Bo‘lim universitet rahbariyatiga tegishli takliflar beradi, qutqaruv xizmatlari, favqulodda vaziyatlar tuzilmalari va boshqa tegishli organlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. Bo‘limda 4 nafar xodim — bo‘lim boshlig‘i, mehnat muhofazasi bo‘yicha 1-toifali muhandis, fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar muhandisi hamda yong‘in xavfsizligi instruktori faoliyat olib boradi.

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.