• uzbekistan
  • uzbekistan
  • Русский
  • English

Karyera markazi va talabalar amaliyotini tashkil etish

“Karyera markazi va talabalar amaliyotlarini tashkil etish bo‘limi”

Bo‘lim boshlig‘i: Mirzaev Akmal Mirzaxatamovich

Bo‘lim bosh mutaxassisi: Nishanova Dildora Abduraximovna


Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  qaror va farmonlari, amaldagi Mehnat Kodeksi, qonunchilik hamda ta’lim sohasidagi tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlariga asoslanib tuzlgan, Toshkent davlat agrar universiteti “Karyera markazi va talabalar amaliyotlarini tashkil etish bo‘limi” faoliyati to‘g‘risida”gi nizomi asosida ish yuritadi.


Bo‘limining faoliyatini tashkil etish.

1. Toshkent davlat agrar universiteti rektori tasarrufida bo‘ladi.

2. Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni belgilangan shakl va muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim etadi.

3. Bo‘lim o‘z faoliyati natijalari bo‘yicha universitet Ilmiy Kengashida har joriy yilda kamida bir marta hisobot beradi.


Bo‘limining maqsadi.

Ta’lim xizmatlari bozorida universitet faoliyat ko‘rsatishining aniq strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish uchun bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash va ularni ishga taqsimlash jarayonini iste’molchilar (ish beruvchilar) tomonidan bo‘lg‘usi mutaxassis shaxsiga qo‘yilgan talablarni bajarishga yo‘naltirish hamda bu jarayonga rahbarlik qilish, reklama-axborotni rejalashtirish va uni oldinga siljitish rag‘batini ta’minlash, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirishni tashkil etish hamda amalga oshirish, ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rish, talabalar amaliyotlarini tashkil etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalar tuzishni tashkil qilish hamda nazoratga olishdan iborat.


Bo‘limining vazifalari

Talabalar qabuli ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida ish beruvchilar (korxona va tashkilotlar)ning mavjud ta’lim (tayyorlov) yo‘nalishlari yoki mutaxassisliklarga bo‘lgan talablari (buyurtmalari)ni hisobga olgan holda davlat grantlari va to‘lov-kontrakt bo‘yicha joriy va istiqbolli «buyurtmalar portfeli»ni shakllantirish;

  •   Respublika va tegishli hudud iqtisodiyoti hamda ijtimoiy soha tarmoqlarining rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda yangi ta’lim (tayyorlov) yo‘nalishlari yoki mutaxassisliklarni ochish, shuningdek ta’lim xizmatlari bozori talablariga javob bermaydiganlarini tugatish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta’minlash va ularning o‘z sohasi bo‘yicha malakaviy ko‘nikmalarini oshirishga ko‘maklashish;
  •   Ommaviy axborot vositalari (gazetalar, radio-televidenie, elektron aloqa) orqali bitiruvchilar to‘g‘risida (ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar bo‘yicha viloyatlar kesimida) ma’lumot e’lon qilinishini, universitet veb-saytida joylashtirilishini ta’minlash;
  •   Mutaxassis tayyorlovchi kafedralar bilan hamkorlikda malakaviy amaliyotlarni tashkil etish hamda har bir bitiruvchi to‘g‘risida mukammal ma’lumotlar, yo‘nalish va mutaxassisliklarni to‘liq aks ettiruvchi axborotli bukletlar tayyorlab buyurtmachi bo‘la oladigan davlat idoralari, tashkilotlari va korxonalariga yetkazish;
  • Respublikaka korxona va tashkilotlarining kadrlarga bo`lgan real ehtiyojlarini qondirilishiga hamda mahalliy va xalqaro ish beruvchi kompaniyalar bilan hamkorlik qilish;
  • Iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligi tarmoqlari uchun yetuk mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va ularga o‘z sohasi bo‘yicha ish topishlarida ko‘maklashish;
  • Ish beruvchi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, mavjud bo‘sh ish joylari haqidagi ma’lumotlarni har yili 15 aprelga qadar aniqlaydilar hamda maxsus komissiyaga ish joyi ko‘rsatilgan holda, kafolatlangan talabnoma (buyurtma)ni taqdim etish;
  • .Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimi bilan hamkorlikda ta’lim sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashish, korxona va tashkilotlarining yangi ishchilarga bo‘lgan talablari va bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yaratish va universitet saytiga yoritib borish;
  • Talabalarni sifatli kadr bo`lishiga va ularni oʻz sohasida tajribasini oshirishga mutaxassislik kafedralar va iste’molchi korxonalar hamkorligini malakaviy amaliyotlar tashkil etish;
  • Mutaxassislik kafedralar bilan hamkorlikda ish beruvchilar, tegishli vazirlik, idora, korxona, tashkilotlar, agroklasterlar va ilg‘or ko‘p tarmoqli fermer xo.jaliklari bilan aloqa o’rnatib, «Karyera kuni»ni tadbirini tashkil etish;
  • Talabalarning ishga joylashishlari uchun rezyumelar tayyorlashi ish beruvchi bilan soha mutaxassislarini tajriba almashish, suhbatlar, seminarlar, ma’ruzalar
    va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;
  • Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilarni ishga taqsimlanish jarayonidan bir yil oldin bitiruvchilardan qayerda ishlashni xohlashi to‘g‘risida so‘rov-anketalari to‘ldirib olish;

 “Karyera markazi va talabalar amaliyotlarini tashkil etish bo‘limi”da hozirgi kunda 206 ta hamkor tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomasi va memorandumlar imzolangan, shunigdek, universitet dual ta’lim shaklida o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha 27 ta tashkilot va idoralar bilan xamkorlik shartnomalarini imzolangan va shartnomaga asosan jami 135  nafar talabalar  darslari tashkilotda olib bormoqda.

Mazkur yo‘nalishda tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida 2025-yil 14-fevral kuni “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–61-son Qarorga muvofiq, universitetida “O‘zmilliybank” AJ bilan hamkorlikda yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlaydigan “Kelajakka qadam” markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Xorijiy tillar (ingliz tili, nemis tili, xitoy tili, turk tili, arab tili va x.k.zo) bo‘yicha sertifikatga ega 300 dan ortiq talabalarimiz mavjud bo‘lib, 2025 yilda 200 ta talabani xorijiy davlatlarga jumladan, 47 ta talabani Polsha davlatiga, 100 ta talabani Germaniyaga va 50 ta talabani Bolgariya, Gretsiya, Vengriya va Xorvatiya davlatlariga bilimlarini oshirish uchun qisqa muddatli xaq to‘lanadigan o‘quv amaliyotga yuborish choralari ko‘rilmoqda.