“Kelajak muhandislari” respublika tanloviga ham sanoqli kunlar qoldi.
Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi nomidan Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti assistenti Sarvarbek Ismailov “IoT va sun’iy intellekt asosida mevali bog‘larni aqlli sug‘orish platformasi” loyihasi bilan tanlovda ishtirok etmoqda.
Loyiha “Eng yaxshi g‘oya” yo‘nalishining professor-o‘qituvchilar nominatsiyasida taqdim etilgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda sun’iy intellekt asosida aqlli sug‘orish tizimini joriy etishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
🏅 Tanlovning bosh sovrini — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ta’sis etilgan zamonaviy elektromobil.
🤝 Universitetimiz vakiliga omad va ulkan zafarlar tilaymiz! TDAU ilm-fani va innovatsion salohiyati yuksak natijalar bilan e’tirof etilishiga ishonamiz.
Ijtimoiy tarmoqlar:


