logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Boboyev Sayfulla G‘afurovich

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

Boboyev Sayfulla G‘afurovich 1996–2000-yillarda Toshkent davlat agrar universitetining Agronomiya fakultetida tahsil olib, “Olim agronom” mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr darajasini olgan. 2004–2006-yillarda mazkur universitet magistraturasida tahsil olib, “G‘o‘za urug‘chiligi va seleksiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasini olgan.

Mehnat faoliyatini 2000-yilda O‘zbekiston G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy-tadqiqot institutida kichik ilmiy xodim lavozimida boshlagan. 2006–2009-yillar davomida mazkur institutda kichik ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritgan. 2010–2012-yillarda ushbu institutda katta ilmiy xodim, 2012–2013-yillarda esa G‘o‘za genetikasi va sitologiyasi laboratoriyasi mudiri lavozimlarida ishlagan.

2014–2016-yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Biotexnologiya va mikrobiologiya kafedrasida katta ilmiy xodim-izlanuvchi sifatida faoliyat yuritgan. 2017-yilda ushbu universitetning Biotexnologiya kafedrasi qoshida loyiha rahbari, shu yilning o‘zida Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida katta ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan.

2017–2018-yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Genetika kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritgan. 2018–2024-yillar davomida mazkur kafedraga mudirlik qilgan. 2024–2025-yillarda Botanika va genetika kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.

2025-yildan hozirgi vaqtga qadar Toshkent davlat agrar universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib bormoqda.

  • Ta'lim

    • 2000
      Toshkent davlat agrar universiteti
    • 2006
      Toshkent davlat agrar universiteti
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.