Mamadiyarov Dilshod Uralovich
Mamadiyarov Dilshod Uralovich 1976-yilda tug‘ilgan. U 1993–1998-yillarda Toshkent davlat agrar universitetida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 1998-yilda ushbu universitetning “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasida assistent lavozimida boshlagan.
2002–2005-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida aspiranturada tahsil olgan. 2006–2009-yillar davomida yana Toshkent davlat agrar universitetining “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasida assistent bo‘lib ishlagan. 2009-yilda ushbu kafedrada dotsent lavozimida faoliyat yuritgan.
2010–2012-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, 2012–2013-yillarda esa “Agroiqtisodiyot” fakulteti dekani lavozimida ishlagan. 2013–2018-yillar mobaynida Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat yuritgan.
2018-yilda rektor maslahatchisi bo‘lgan. Shundan so‘ng, 2018–2019-yillarda “O‘rmon xo‘jaligi va manzarali bog‘dorchilik” fakulteti dekan vazifasini bajaruvchi sifatida ishlagan. 2019-yilda Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
2019–2021-yillar davomida “Agrologistika va biznes” fakulteti dekani, 2021–2022-yillarda “Agroiqtisodiyot va turizm” kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan. 2022–2023-yillarda “Buxgalteriya hisobi, audit va tahlil” kafedrasi dotsenti bo‘lgan. 2023-yilda “O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn” fakulteti dekani lavozimida ishlagan.
2023-yildan hozirgi vaqtga qadar Toshkent davlat agrar universiteti Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib bormoqda.
