logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Dorivor o'simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi

Dorivor oʼsimliklarni yetishtirish texnologiyasi magistratura mutaxassisligi – dorishunos, dorivor o‘simliklarni yetishtirish va tayyorlash bo‘yicha mutaxassis bo’lib, dorivor oʼsimlik mahsulotlari hosildorligi va sifatini oshirish maqsadida yer, suv, energetika va moddiy-texnika resurslaridan oqilona foydalanish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish bilan dorivor oʼsimlikshunoslik tarmoqlarida zamonaviy texnologiyalarini qoʼllash, farmatsevtika ehtiyoji uchun kerakli bo’lgan dorivor o’simlik turlarini introduksiya qilish, dorivor oʼsimliklarni urugʼchiligi va koʼchatchiligining zamonaviy texnologiyalarini qoʼllash, dorivor oʼsimlik xomashyolarni birlamchi qayta ishlash va saqlash texnologiyalari tashkil etishni qamrab oladi.

Dars mashg‘ulotlari О‘rmon xо‘jaligi va landshaft dizayn fakultetida, Toshkent botanika bog‘ida va O‘rmon xо‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutida olib boriladi.
Yo‘nalishning asosiy ilmiy va o‘quv-metodik markazi TDAUning Dorivor o’simliklar kafedrasi hisoblanadi.

Dorivor o'simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi

Umumiy ma'lumot

О‘rmon xо‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti
Dorivor o'simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi
  • Yo'nalish kodi
    70811101
  • O'qish davomiyligi
    2 yil
  • Davlat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Ta'lim shakli
    Kunduzgi
  • Ta'lim darajasi
    Magistratura
  • Xalqaro akkreditatsiya
    Mavjud emas

Asosiy fanlar

  • Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi
  • Dorivor o‘simliklarni yetishtirishda innovatsion texnologiyalar
  • Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
  • Dorivor o‘simliklarni yetishtirishda ilmiy-tadqiqot uslublari
  • Dorivor o‘simliklarning introduksiyasi va akklimatizatsiyasi
  • Dorivor o‘simlik resurslari va muhofazasi
  • Import va eksportbop dorivor o‘simliklar
  • Dorivor o‘simlik xom ashyosini tayyorlash texnologiyasi
  • Dorivor o‘simlik urug‘chiligida innovatsion texnologiyalar
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.