• uzbekistan
  • uzbekistan
  • Русский
  • English

Fitopatologiya

Fitopatologiya o‘simliklarda uchraydigan kasalliklarni chuqur o‘rganish, ularni aniqlash (diagnostika), tahlil qilish, tarqalish mexanizmlarini tushunish hamda ularni samarali usullar bilan nazorat qilish bo‘yicha ilmiy va amaliy bilimlarga ega yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdan iborat. Fitopatogenlarni o‘rganish viruslar, zamburug‘lar, bakteriyalar va boshqa kasallik chaqiruvchilarning biologiyasi va tasnifini o‘rganish demakdir. Kasalliklarni aniqlash va diagnostika qilish – laboratoriya va dala sharoitida o‘simlik kasalliklarini mikroskopiya, serologik va molekulyar metodlari orqali aniqlash usullarini o‘zlashtirish Ilmiy-tadqiqot olib borish – o‘simlik kasalliklariga qarshi yangi kurash strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
Bu yo‘nalish bitiruvchilari o‘simliklarni himoya qilish, fitosanitar nazorat va ilmiy-tadqiqot ishlarida yetakchi bo‘lish uchun tayyorlanadi. Ular ilmiy-tadqiqot institutlarida, qishloq xo‘jaligi laboratoriyalarida, fitosanitariya xizmatlarida, biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda va ta’lim muassasalarida faoliyat olib boradilar.

Fitopatologiya

Umumiy ma'lumot

О‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti
Fitopatologiya
  • Yo'nalish kodi
    70810503
  • O'qish davomiyligi
    2 yil
  • Davlat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Ta'lim shakli
    Kunduzgi
  • Ta'lim darajasi
    Magistr
  • Xalqaro akkreditatsiya
    Mavjud emas

Asosiy fanlar

  • Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi
  • Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
  • Fitopatologiyada ilmiy-tadqiqot uslublari
  • O‘simliklarning yuqumli kasalliklarini aniqlash va ularga qarshi kurash vositalari
  • Mikroorganizmlar morfologiyasi, sistematikasi va fiziologiyasi
  • O‘simlik kasalliklari diagnostikasi
  • Don va don-dukkakli ekinlar kasalliklariga qarshi kurash usullari
  • O‘simliklar kasalliklarini rivojlanishi va tarqalishini bashorat qilish
  • Meva va sabzavot mahsulotlarining saqlash davridagi kasalliklari
  • Himoyalangan joy ekinlari kasalliklariga qarshi kurash usullari
  • Texnik va moyli ekinlar kasalliklariga qarshi kurash usullari
  • Dorivor va manzarali o‘simliklar kasalliklariga qarshi kurash usullari