• uzbekistan
  • uzbekistan
  • Русский
  • Oʻzbek
  • English

O‘simliklar himoyasi va karantini

O‘simliklar himoyasi va karantini fani qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar yetkazuvchi zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlarning biologik va ekologik xususiyatlari, tarqalish areali va ularga qarshi kurashishning zamonaviy, ekologik xavfsiz va samarali usullarini o‘rganadi.
Ushbu yo‘nalish bitiruvchilari – o‘simliklar himoyasi va karantini sohasida chuqur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lgan mutaxassislardir. Ular fitosanitar nazorat idoralari, o‘simliklar karantini xizmatlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, laboratoriyalar, agrofirma va fermer xo‘jaliklari hamda eksport-import mahsulotlarini nazorat qiluvchi tashkilotlarda faoliyat yuritishlari mumkin.
Ta’lim jarayoni fitopatologiya, entomologiya, o‘simliklar karantini, himoya vositalari texnologiyasi, integratsiyalashgan zararkunanda nazorati, agroekologiya va diagnostika fanlari asosida olib boriladi. Amaliyotlar karantin laboratoriyalari, dala-tajriba stansiyalari, fitosanitar xizmatlar va ilmiy-tadqiqot institutlarida o‘tkaziladi.
Bitiruvchilarni tayyorlovchi asosiy kafedra O‘simliklarni himoyasi va karantini kafedrasidir.
O‘simliklar himoyasi va karantini

Umumiy ma'lumot

О‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti
O‘simliklar himoyasi va karantini
  • Yo'nalish kodi
    70810501
  • O'qish davomiyligi
    2
  • Davlat akkreditatsiyasi
    mavjud
  • Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasi
    mavjud
  • Ta'lim shakli
    Kunduzgi
  • Ta'lim darajasi
    magistratura
  • Xalqaro akkreditatsiya
    mavjud emas

Asosiy fanlar

  • Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi
  • Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
  • O‘simliklar karantini va himoyasida ilmiy-tadqiqot uslublari
  • Hasharotlar biologiyasi va sistematikasi
  • O‘simliklarni uyg‘unlashgan himoya qilish
  • Qishloq xо‘jalik ekinlarini yetishtirishda va saqlashda karantin tadbirlari