• uzbekistan
  • uzbekistan
  • Русский
  • English

O‘simlikshunoslik magistratura mutaxassisligi

O‘simlikshunoslik magistratura mutaxassisligi - dala ekinlarining hosildorligi va mahsulot sifatini oshirish maqsadida yer, suv, energetik va moddiy-texnika resurslaridan oqilona foydalanish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini maqbullashtirish bilan o‘simlikshunoslikda fan va ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqot o‘tkazish, oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida ilmiy-pedagogik hamda professional ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga doir kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Mazkur mutaxassislikning kasbiy faoliyat obyekti bo‘lib dala ekinlari va ularning navlari, urug‘lari, ko‘chatlari, mahsulotlari, o‘simliklar introduksiyasi, ekinzorlar, urug‘chilik va ko‘chatchilik jarayonlari, dala ekinlarini yetishtirish, hosilga birlamchi ishlov berish va saqlash texnologiyasi, tarmoqda ishlab chiqarish jarayonlari, ishlab chiqarish faoliyati va sifati bo‘yicha boshqaruv va nazorat jarayonlari, ilmiy tadqiqot jarayonlari, o‘quv jarayonlari va tizimlari, ixtisoslikka mos mavzular va loyihalar hisoblanadi.
Mutaxassislik bitiruvchilari ilmiy-tadqiqot, ishlab chiqarish-texnologik, servis xizmatini ko‘rsatish, tashkiliy-boshqaruv, ilmiy-pedagogik, konsalting xizmati kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shug‘ullanadi.
Kvalifikatsiya: o‘simlikshunos, pedagog-tadqiqotchi
O‘simlikshunoslik magistratura mutaxassisligi

Umumiy ma'lumot

Agromuhandislik va agrotexnologiya fakulteti
O‘simlikshunoslik magistratura mutaxassisligi
  • Yo'nalish kodi
    70810402
  • O'qish davomiyligi
    2 yil
  • Davlat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Ta'lim shakli
    Kunduzgi
  • Ta'lim darajasi
    Magistr
  • Xalqaro akkreditatsiya
    Mavjud emas

Asosiy fanlar

  • O‘simlikshunoslikda ilmiy tadqiqot uslublari
  • Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
  • Dala ekinlari hosilini dasturlash
  • Dala ekinlari urug‘shunosligi
  • O‘simlikshunoslikda mahsulot sifatini oshirish asoslari
  • Noqulay iqlim sharoitlarida ekinlar yetishtirish
  • Yangi dala ekinlarini yetishtirish texnologiyasi
  • Donli ekinlar biologiyasining ilmiy asoslari va yetishtirishda innovatsion texnologiyalar,
  • Yem-xashak ekinlari biologiyasining ilmiy asoslari va yetishtirishda innovatsion texnologiyalar
  • Moyli ekinlar biologiyasining ilmiy asoslari va yetishtirishda innovatsion texnologiyalar,
  • Texnik ekinlar biologiyasining ilmiy asoslari va yetishtirishda innovatsion texnologiyalar
  • G‘o‘za biologiyasining ilmiy asoslari va yetishtirishda innovatsion texnologiyalar
  • Organik va gibrid sholi yetishtirish texnologiyasi
  • Yaylov-cho‘l o‘simlikshunosligining nazariy asoslari
  • Efirmoyli ekinlar yetishtirish texnologiyasi
  • Maxsus texnik ekinlar yetishtirish texnologiyasi
  • Soya yetishtirish texnologiyasining ilmiy asoslari
  • Ozuqa tayyorlash texnologiyasining ilmiy asoslari