• uzbekistan
  • uzbekistan
  • Русский
  • English

Oziq ovqat xavfsizligi

Oziq ovqat xavfsizligi magistratura mutaxassisligi — “Ishlab chiqarish va ishlov berish” ta’lim sohasiga oid mutaxassislik bo‘lib, barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlarida, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, turli mulkchilik shaklidagi korxonalarida, nodavlat va notijorat tashkilotlarida, markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi organlarida, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini tashkil qilish va boshqarishga oid kompleks masalalarni xal etish, shuningdek qishloq xo‘jaligi tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.

Oziq ovqat xavfsizligi

Umumiy ma'lumot

Qishloq xо‘jaligi mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash fakulteti
Oziq ovqat xavfsizligi
  • Yo'nalish kodi
    70720102
  • O'qish davomiyligi
    2 yil
  • Davlat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Ta'lim shakli
    Kunduzgi
  • Ta'lim darajasi
    Magistr
  • Xalqaro akkreditatsiya
    Mavjud emas

Asosiy fanlar

  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
  • Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
  • Eksprementi rejalashtirish
  • Modellashtirish va loyihalash tizimlari
  • Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari
  • Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar
  • Oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi
  • Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibini tadqiq etish usullari
  • Oziq-ovqat maxsulotlari mikrobiologiyasi
  • Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari sifatini baholash