logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Seleksiya va urug'chilik

Oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi va mahsulot sifati yuqori, kasallik va zararkunandalarga chidamli, turli noqulay iqlim sharoitlariga bardoshli yangi navlarini yaratish, sinash va joriy etish, seleksiya va urug‘chilik sohasida ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish, fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuini o‘z ichiga oladi.
Bitiruvchilar seleksiya va urug‘chilik sohasidagi ilmiy tadqiqot institutlari;
Respublika Urug‘chilikni rivojlantirish markazi va elita urug‘chilik xo‘jaliklari, elita urug‘chilik korxonalari, urug‘chilik laboratoriyalari;
Davlat nav sinash markazi va uning shaxobchalarida;
O‘zagroinspeksiya va uning viloyat va tuman bo‘limlarida;
Qishloq xo‘jaligi boshqarmalarida (Viloyat, tuman);
Qishloq xo‘jaligi oliy ta’lim muassasalarida, texnikumlar, kollejlarda.

Seleksiya va urug'chilik

Umumiy ma'lumot

Agromuhandislik va agrotexnologiya fakulteti
Seleksiya va urug'chilik
  • Yo'nalish kodi
    70810601
  • O'qish davomiyligi
    2 yil
  • Davlat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Ta'lim shakli
    Kunduzgi
  • Ta'lim darajasi
    Magistratura
  • Xalqaro akkreditatsiya
    Mavjud emas

Asosiy fanlar

  • Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
  • Seleksiya va urug‘chilikda ilmiy-tadqiqot uslublari
  • Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasining genetik asoslari
  • Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligida noan’anaviy usullar
  • Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chilikda innovatsion texnologiyalar
  • Qishloq xo‘jaligi ekinlari navshunosligi va nav yangilash
  • Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligining ilmiy asoslari
  • Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasida Davlat nav sinovi
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.