logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

O‘quv-uslubiy ta’minot bo‘limi

O‘quv-uslubiy bo‘lim universitetda ta’lim jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, o‘quv-uslubiy ta’minotni rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan faoliyatni muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmadir.
Bo‘lim o‘quv jarayonini takomillashtirish, o‘quv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish, ilg‘or pedagogik tajribalarni joriy etish hamda professor-o‘qituvchilarga uslubiy ko‘mak ko‘rsatish yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi.

Asosiy vazifalar

• Ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, tegishli hujjatlarni ishlab chiqish va ijrosini nazorat qilish;
• Darslik, o‘quv qo‘llanma va boshqa o‘quv-uslubiy materiallarni ishlab chiqish va takomillashtirishni muvofiqlashtirish;
• O‘quv jarayonini takomillashtirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish;
• Bo‘limning ish rejalarini shakllantirish, belgilangan vazifalar ijrosini monitoring qilish va natijadorlikni tahlil etish;
• Boshqa oliy ta’lim muassasalari va tegishli tashkilotlar bilan o‘quv-uslubiy yo‘nalishda hamkorlikni rivojlantirish;
• O‘quv jarayoniga oid buyruq, farmoyish va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda kiritish.

Bizning maqsadimiz

Universitetda zamonaviy, sifatli va samarali ta’lim jarayonini ta’minlash, o‘quv-uslubiy ta’minotni takomillashtirish hamda ta’lim sifatini izchil rivojlantirish.

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.