logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Orolböyi hududlarida suv tanqisligiga çidamli kunjut seleksiyasi: ilmiy izlanişlar va amaliy natijalar

view 0

Qoraqalpoğiston Respublikasining murakkab tuproq-iqlim şaroiti, suv tanqisligi va qişloq xöjaligi ekinlari hosildorligini oşiriş zarurati agrar sohada yangi, resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etişni taqozo etmoqda. Toşkent davlat agrar universiteti professori Maxfirat Amonova Orolböyi Xalqaro innovatsiya markazi bilan hamkorlikda kunjutning suv tanqisligiga çidamli, qözoqçalari çatnamaydigan hamda mexanizatsiya yordamida yiğib olişga yaroqli navlarini yaratiş va yetiştiriş texnologiyasini takomillaştiriş böyiça ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.
Ötgan yillar davomida professor Maxfirat Amonova rahbarligida dunyoning 27 ta mamlakatidan töplangan 100 dan ortiq kunjut nav namunalari Qoraqalpoğistonning tuproq-iqlim şaroitida örganildi. Seleksiya işlari natijasida istiqbolli genetik manbalar ajratilib, yakka tanlov usuli orqali qözoqçalari çatnamaydigan ösimliklar saralab olindi.
Joriy yilda Orolböyi Xalqaro innovatsiya markazida uşbu namunalar uruğlari köpaytirilib, respublikada ilk bor kunjut hosilini kombayn yordamida muvaffaqiyatli yiğib olişga erişildi. Bu natija kunjut yetiştirişda hosil nobudgarçiligini kamaytiriş va yiğim-terim jarayonlarini mexanizatsiyalaştiriş uçun muhim ilmiy-amaliy asos yaratmoqda.

Kunjutning çatnamaydigan navlarini işlab çiqarişga joriy etiş hosil nobudgarçiligini 20–25 foizga kamaytiriş imkonini beradi. Yetiştiriş texnologiyasini takomillaştiriş va hosilni mexanizatsiya yordamida yiğiştirib oliş esa qöl mehnati sarfini 40–50 foizgaça qisqartirib, mahsulot tannarxini pasaytirişga xizmat qiladi. Ayniqsa, kunjut hosilini yiğib olişdagi mehnat sarfi va qözoqçalarning çatnaşi tufayli yuzaga keladigan nobudgarçilikni kamaytiriş fermer xöjaliklarining iqtisodiy samaradorligini oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur ilmiy tadqiqotlar Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida suv tanqisligi sababli foydalanilmay qolayotgan qişloq xöjaligi yerlarini qayta özlaştiriş, kunjut yetiştiriş maydonlarini kengaytiriş hamda yangi iş örinlarini yaratiş uçun keng imkoniyatlar oçadi.
Şuningdek, eksportbop kunjut mahsulotlarini işlab çiqariş hajmini oşiriş, fermerlar daromadini köpaytiriş va mamlakatning xalqaro agrar bozordagi eksport salohiyatini mustahkamlaşga xizmat qiladi. Ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etiş, suv resurslaridan oqilona foydalaniş va agrar işlab çiqariş samaradorligini oşiriş yölidagi uşbu izlanişlar Özbekiston qişloq xöjaligining barqaror rivojlanişiga munosib hissa qöşmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.