logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Qabul-2026/2027

2026/2027 o’quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich: Abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar test sinovi topshirish uchun ro’yxatdan o‘tadi hamda iyul, avgust oylarida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtixonlaridan o‘tkaziladi:

2-bosqich: Abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo’nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

Akademik litsey, Texnikum, OTM, 2-mutaxassislik, O‘qishni ko‘chirish — qaysi platformalar orqali qachon hujjat topshirish mumkin?


Akademik litseylarga qabul (10-iyundan 10-iyulgacha)
👉 my.edu.uz

OTM va texnikumlarga qabul (5-iyundan 25-iyungacha)
👉 my.uzbmb.uz

Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-yuldan 30-iyulgacha)
👉 magistr.edu.uz

Texnikumni a’lo baho bilan tamomlagan abituriyentlarni suhbat asosida OTMga qabul qilish (5-iyuldan 25-iyulga qadar)
👉 my.edu.uz


➖ Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)
👉 my.edu.uz

O‘qishni ko‘chirish (15-iyuldan 5-avgustgacha)
👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

Izoh: ish vaqti soat 09:00 dan 18:00 ga qadar, tushlik 13:00 dan 14:00 ga qadar.

Dam olish kuni: Yakshanba

2026-2027 o‘quv yiliida bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Vazirlikning tegishli buyrug‘i bilan 2026-2027 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari o‘tgan yildagi qabuldek qoldirilgan.

Jumladan, barcha hujjat topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fandan test sinovlari bo‘lib o‘tadi. Bunda, ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) fanidan 10 ta, matematika fanidan 10 ta hamda O‘zbekiston tarixi fanidan 10 ta savol bo‘ladi. Umumiy 30 ta savol uchun 1,1 balldan jami 33 ball beriladi.

Shuningdek, bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fandan test sinovlari bo‘lib o‘tadi. Bunda, test topshiruvchilar birinchi fandan beriladigan 30 ta savol uchun 3,1 balldan jami 93,0 ball, ikkinchi fandan beriladigan 30 ta savol uchun 2,1 balldan jami 63 ball yig‘ish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

Shu tariqa, test topshiruvchilar bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan ikkita fandagi 60 ta savoldan jami 156,0 ballga ega bo‘lishlari mumkin.

2026-2027 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

📌 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi.

📌 Mazkur fanlar majmuasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan.

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.