• uzbekistan
  • uzbekistan
  • Русский
  • English

Registrator ofisi

Eshonqulov Jamoliddin Saporboy o‘g‘li

Eshonqulov Jamoliddin Saporboy o‘g‘li

Registrator ofisi direktori

         Registrator ofisining tashkil etilishi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev huzurida 2024-yil 6-may kuni oliy ta’limning ustuvor masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda Qishloq xo‘jaligi vazirining 2024-yil 3-iyuldagi 01/27-110-son yig‘ilish bayoni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisining 2024-yil 9-iyuldagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida “Registrator ofisi”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi 24-q/q va 2-q/q-sonli qo‘shma qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat agrar universiteti rektorining 2024-yil 04-sentabrdagi 1-9-6/352-sonli buyrugʻi bilan “Registrator ofisi” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.


  1. Xizmat ko‘rsatish bo‘limi
  2. Ma’lumotlar bazasi bo‘limi

         Registrator ofisida ko‘rsatiladigan xizmat turlari:


  • QR kodli diplom shakllantirish;
  • akademik ma’lumotnoma va transkript berish;
  • akademik mobillik asosida boshqa oliy ta’lim tashkilotiga yuborilgan talabalarning hujjatlarini tegishli tartibda rasmiylashtirish;
  • bitiruvchi talabalar uchun aylanma varaqa yaratish;
  • diplom dublikatini olish uchun ariza yuborishga ko‘maklashish;
  • imtihon natijalari bo‘yicha apellyatsiya arizalarini qabul qilishni tashkil qilish;
  • imtihonlar ro‘yxatini shakllantirish va talabaga taqdim etish;
  • Universitet talabalariga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga ko‘maklashish;
  • Universitetga ikkinchi ta’limga kirish uchun abiturientlarga onlayn ariza topshirishiga ko‘maklashish;
  • Universitetning magistratura bosqichiga kirish uchun abiturientlarga onlayn ariza topshirishiga ko‘maklashish;
  • oliy ta’lim olganlik haqidagi diplom ma’lumotlarini qo‘shish yoki tahrirlash uchun talabgorlarga ariza yuborishga ko‘maklashish;
  • stipendiya va turli grant tanlovlarida ishtirok etish uchun ariza qabul qilish;
  • talabaga o‘zining GPA ko‘rsatkichi haqida ma’lumotnoma taqdim etish;
  • talabalar davomatini amaldagi tartibga asosan sababli va sababsiz holatga o‘tkazish;
  • talaba uzrli sabablarga ko‘ra (kasal, yaqin qarindoshining betobligi yoki vafoti, tug‘ruq holati kabilar) oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan talabalar uchun tegishli fanlardan shaxsiy grafik yaratish;
  • talabalar hujjatlarini qabul qilish va arxivga topshirish;
  • talabalarga imtihon natijalarini taqdim etish;
  • talabalarga qayta o‘qish uchun ariza berishga ko‘maklashish;
  • talabalarga turli xil ma’lumotnoma (o‘qish joyidan, harbiy bo‘limdan v.b.)lar berish;
  • talabalarga o‘quv varaqa taqdim etish;
  • talabalarga fan resurslari bo‘yicha ma’lumot taqdim etish;
  • talabalarni HEMIS platformasida keyingi kursga o‘tkazish;
  • talabalarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot taqdim etish;
  • talabalarning joriy, oraliq va davomat natijalariga ko‘ra yakuniy nazoratlarda ishtirok etishiga ruxsat berish;
  • talabalarning parolini tiklash;
  • talabalarning tyutorlar tomonidan to‘g‘ri to‘ldirilgan shaxsiy hamda o‘quv ma’lumotlarini tahrirlash;
  • talabalik guvohnomasini tayyorlash va talabalarga taqdim etish;
  • talabani bir guruhdan ikkinchi guruhga ko‘chirib o‘tkazish;
  • tashqi xizmatlar: Ijtimoiy himoya reestri va ayollar daftarida turuvchi
  • talabalar yagona reestri bazasidan sinxronizatsiya qilib ro‘yxat shakllantirish;
  • o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan, o‘qishga tiklangan yoki kursda qolgan talabalarning o‘quv rejalaridagi fanlar farqini aniqlash;
  • o‘quv dasturlari haqida ma’lumot berish.
  • talabalarga yotoqxonalarga joylashish uchun ariza berishga ko‘maklashish;
  • ijara subsidiyasi uchun ariza yozishga ko‘maklashish.
  • talabalarga o‘qish joyidan ingliz tilida ma’lumotnoma berish;
  • turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etish;
  • o‘qishga qabul qilingan xorijlik talabalarni elektron tizimda ro‘yxatga olish va fanlarga biriktirish;
  • xorijiy oliygohlarda tahsil olishda konsultatsiya berish;
  • xorijlik talabalar uchun viza xizmatlarini amalga oshirish;
  • xorijlik talabalarga to‘lov-shartnomalarini taqdim etish;
  • xorijlik talabalarni O‘zbekiston Respublikasida vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish xizmatlarini amalga oshirish;
  • xorijlik talabalarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha konsultatsiya berish, ariza va talab etiladigan hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun qabul qilish;
  • qayta o‘qishga shartnoma berish; stipendiya to‘g‘risida ma’lumotnoma berish;
  • hisob varag‘ini shakllantirib berish;
  • talabalarga to‘lov-shartnomasi olish uchun ariza berishga ko‘maklashish;
  • talabaning yotoqxonalarga joylashish shartnomasi bo‘yicha qarzdorligi va haqdorligi haqida ma’lumot berish;
  • talabaning qayta o‘qish shartnomasi bo‘yicha qarzdorligi va haqdorligi haqida ma’lumot berish;
  • talabaning to‘lov-shartnomasi bo‘yicha qarzdorligi va haqdorligi haqida ma’lumot berish;
  • to‘lov-shartnoma summasi haqida ma’lumot berish;
  • bitiruvchi talabalarga bo‘lg‘usi ish o‘rni to‘g‘risida kengroq axborotlar berish, mehnat yarmarkalarni o‘tkazishga ko‘maklashish.
  • grantlar va tanlovlar haqida ma’lumot berish;
  • ilmiy konferensiyalar haqida ma’lumot berish;
  • innovatsion g‘oya va startaplarni ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashish;
  • nomdor stipendiyalar haqida ma’lumot berish;
  • ilmiy loyihalar to‘g‘risida konsultatsiya berish;
  • ustoz-shogird maktabiga a’zo bo‘lishga ko‘maklashish.
  • talabalarga tibbiy sug‘urta olish uchun yordam berish;
  • o‘qishga qabul va o‘qishni ko‘chirish yuzasidan konsultatsiya berish; talabalarga ishga joylashish borasida tavsiyalar berish;
  • talabalarga Universitetda mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida ma’lumot berish.

REGISTRATOR OFISI FAOLIYATIDAN FOTOLAVXALAR