Reja-moliya bo’limi

-
+99893 805-11-27
-
Dushanba-Juma, 9:00-18:00
-
r.niyazova@tdau.uz
Boʻlimning vazifalari va funksiyalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida Universitetning raqobatbardoshliligini oshirish, kredit-modul tizimiga oʻtish, professor-oʻqituvchilar tarkibi ijtimoiy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan rejalar, moliya-kredit, investitsiya, texnik-foydalanish va xoʻjalik faoliyatini optimal rejalashtirish va qonuniylikni taʻminlashni tashkil etish, moliyaviy rejalashtirish;
Universitetga ajratilgan budjet mablagʻlari, oʻqitish uchun shartnomalar asosida toʻlov-kontrakt mablagʻlari, qoʻshma ta’lim dasturidan, universitet faoliyatiga bogʻliq boshqa shartnomalardan tushgan mablagʻlar, davlat grantidan, xorijiy loyihalardan ajratilgan mablagʻlarning xarajatlar rejasini buxgalteriya bilan birgalikda tuzish, shtatlar jadvalini, shtat birliklari sonini rejalashtirish, rektorga tasdiqqa kiritish, Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishish va roʻyxatga olish uchun vazirlikka kiritish;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishlq xoʻjaligi vazirligi hamda Davlat statistikasi qoʻmitasiga har oyda, har chorakda va yil yakuni boʻyicha mehnat rejasi, ma’muriy-boshqaruv, professor-oʻqituvchilar va boshqa xizmatlar xodimlari soni haqidagi hisobotni topshirish;
Universitetning shtatlar jadvalini ishlab chiqishda amaldagi me’yorlardan foydalanish, xarajatlar smetasini ishlab chiqishda respublika budjeti va budjetdan tashqari, homiylik mablagʻlarning sarflanishini optimallashtirish;
Kutilayotgan budjetdan tashqari tushumlar (boʻsh turgan binolarni ijaraga berish, yotoqxona uchun toʻlovlar, ijarachilarning kommunal xarajatlari toʻlovlari, boshqa tushumlar, tashkil etilgan pullik kurslardan tushumlar, miqdori hisobini olish, Universitetning boshqa boʻlinmalari tushumini hisobga olish va ularni sarflash yoʻnalishlarini rejalashtirish;
Universitet tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishida va takliflarni tayyorlashda qatnashish.
Universitetning moliyaviy holatini yaxshilash, xarajatlarni optimallashtirish, shtatlar sonini belgilashda, ish haqi toʻlovlari, stipendiyalar jamgʻarmasini rejalashtirishda amaldagi qarorlarga, me’yoriy hujjatlarga asoslantirish:
talabalarga hukumat tomonidan berilayotgan imtiyozlar toʻgʻri qoʻllanishi, moddiy yordam koʻrsatilishida belgilangan tartibga amal qilish;
Universitet rahbariyatiga taqdim qilinadigan moliyaviy hujjatlarni asoslantiruvchi hujjatlarni ilova qilgan holda kiritish;
Hukumat qarorlari asosida ish haqlari va stipendiyalar miqdori oshirilganda, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish;
Universitet xodimlarining murojaatlari boʻyicha rahbariyatga yechim taklif etadi, zarur hollarda ularga tushuntirishlar beradi.