logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

REKTORNING TALABALAR BILAN SAYYOR QABULI ÖTKAZILDI

view 0

Bugun Toşkent davlat agrar universiteti rektori N. Oblomuradov iştirokida talabalar bilan sayyor qabul ötkazildi.

💠 Qabul davomida talabalarning taklif, murojaat va muammolari tinglandi, ularni hal etiş böyiça tegişli çoralar belgilandi. Mas’ul rahbar va xodimlarga aniq topşiriqlar berildi, ularning ijrosi nazoratga olindi.

🔺Uçraşuvda talaba-yoşlar örtasida kitobxonlik madaniyatini tarğib qiliş, muntazam mutolaa qiliş va ma’naviy dunyoqaraşni boyitişga alohida e’tibor qaratiş zarurligi ta’kidlandi.

Uçraşuvda talabalar turar joyida yaşaş şaroitlari, öqiş va ta’lim sifati bilan boğliq masalalar, xalqaro grant dasturlarida iştirok etiş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratiş hamda sport musobaqalarini ötkaziş va universitet jamoasining sport musobaqalaridagi iştirokini kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

🔹Bunday uçraşuvlar talabalar bilan oçiq muloqotni yölga qöyiş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va ta’lim jarayonidagi masalalarga tezkor yeçim topişda muhim ahamiyatga ega.

👨‍🎓 Toşkent davlat agrar universiteti talabalar manfaatlari va taşabbuslari doimo e’tiborda!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

No posts

1930-yilda Örta Osiyo davlat universitetining qişloq xöjaligi fakulteti negizida Örta Osiyo qişloq xöjaligi instituti taşkil etildi. 1934–1991-yillarda uşbu institut Toşkent qişloq xöjaligi instituti nomi bilan faoliyat yuritdi. 1991-yil aprel oyida institutga Toşkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.