logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU Iordaniyaning ikki yetakçi universiteti bilan hamkorlik kelişuvlari imzoladi

view 4

Toşkent davlat agrar universitetining xalqaro akademik hamkorlik geografiyasini kengaytiriş, taʼlim va ilm-fan sohasidagi aloqalarni mustahkamlaş maqsadida Iordaniya Hoşimiylar Qirolligining Al-Balqa Applied University hamda Ajloun National University oliy taʼlim muassasalari örtasida özaro hamkorlik kelişuvlari imzolandi. Jumladan, TDAU rektori Narzullo Oblomuradov hamda Ajloun National University prezidenti doktor Feras Hanandeh tomonidan ikki universitet örtasidagi akademik hamkorlik kelişuvlari imzolandi. Mazkur hujjatlar doirasida talabalar va professor-öqituvçilar akademik almaşinuvini yölga qöyiş, 2+2 qöşma taʼlim va ikki tomonlama diplom dasturlarini işlab çiqiş, qöşma ilmiy-tadqiqot va taʼlim dasturlarini amalga oşiriş, talabalar uçun xalqaro akademik mobillik va Study Abroad dasturlarini taşkil etiş kabi ustuvor yönalishlar nazarda tutilgan. Ayniqsa, Ajloun National University bilan hamkorlikda qişloq xöjaligida sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni qöllaşga qaratilgan ilmiy-innovatsion loyihalarni rivojlantiriş alohida ahamiyat kasb etadi. Uşbu memorandumlar TDAU talabalari va professor-öqituvçilari uçun xalqaro tajriba almaşiş, xorijda taʼlim oliş va ilmiy stajirovkalarda qatnaşiş, qöşma tadqiqotlarni amalga oşiriş hamda zamonaviy agrar texnologiyalarni özlaştiriş borasida yangi imkoniyatlar yaratadi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

No posts

1930-yilda Örta Osiyo davlat universitetining qişloq xöjaligi fakulteti negizida Örta Osiyo qişloq xöjaligi instituti taşkil etildi. 1934–1991-yillarda uşbu institut Toşkent qişloq xöjaligi instituti nomi bilan faoliyat yuritdi. 1991-yil aprel oyida institutga Toşkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.