logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU masʼullari Andijon tumanidagi 47-maktab faoliyatini örgandi

view 6

Toşkent davlat agrar universiteti masʼullari Prezidentning 2026-yil 11-apreldagi PQ–135-son qarori ijrosini taʼminlaş yuzasidan Andijon viloyatida amalga oşirilayotgan işlarni örgandi. Örganişlar davomida qaror doirasida universitetga biriktirilgan Andijon tumani 47-umumtaʼlim maktabining faoliyati bilan yaqindan tanişildi. Xususan, variativ öquv rejasiga muvofiq tabiiy fanlarni çuqurlaştirilgan holda öqitiş jarayoni, yaratilgan şart-şaroitlar hamda öquvçilarning bilim va qiziqişlari örganildi. Öquvçilar bilan suhbat ötkazilib, ularning kelajakdagi taʼlim va kasbiy rejalari yuzasidan fikr almaşildi.
Şuningdek, hududdagi loyiha ofislari faoliyati, ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalaniş, ularga hududning tuproq-iqlim şaroitiga mos ekinlarni ekiş va agrotexnik tadbirlarni taşkil etiş böyiça olib borilayotgan işlar közdan keçirildi. Mazkur örganişlar taʼlim muassasalarida tabiiy fanlarni öqitiş sifatini oşiriş, maktab–oliy taʼlim integratsiyasini kuçaytiriş hamda agrar soha uçun zarur bilim va amaliy könikmalarga ega yoşlarni tayyorlaşga xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

No posts

1930-yilda Örta Osiyo davlat universitetining qişloq xöjaligi fakulteti negizida Örta Osiyo qişloq xöjaligi instituti taşkil etildi. 1934–1991-yillarda uşbu institut Toşkent qişloq xöjaligi instituti nomi bilan faoliyat yuritdi. 1991-yil aprel oyida institutga Toşkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.