Toşkent davlat agrar universiteti rektori, professor Narzullo Oblomuradov Turkiya hamkorlik va muvofiqlaştiriş agentligi (TİKA) delegatsiyasi bilan uçraşdi. Delegatsiyaga TİKAning oziq-ovqat, qişloq xöjaligi, çorvaçilik va baliqçilik masalalari böyiça maslahatçisi Dr. Ilhan Aydin boşçilik qildi.
Ta’kidlanganidek, TDAU Turkiyaning 10 dan ortiq universitetlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Ege universiteti va Isparta amaliy fanlar universiteti bilan qöşma ta’lim dasturlari, akademik almaşinuv hamda ilmiy tadqiqotlar yölga qöyilgan. Erasmus+ KA171 dasturi doirasida sönggi ikki yilda universitetning 6 nafar professor-öqituvçisi Turkiyada akademik mobillikda iştirok etdi. Şuningdek, TÜBİTAK bilan hamkorlikda 4 ta qöşma ilmiy loyiha amalga oşirilmoqda.
Uçraşuvda TİKA bilan hamkorlikda amalga oşiriş taklif etilayotgan “Smart Beekeeping” — aqlli asalariçilik hamda Turkiyaning “AKBAY” tovuq zotini Özbekistonda köpaytiriş va rivojlantiriş loyihalari taqdim etildi. Mazkur taşabbuslar doirasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, tajriba-sinov maydonçalarini taşkil qiliş, mahalliy şaroitda ilmiy izlanişlar olib boriş hamda fermerlar va aholi uçun öquv-amaliy maşğulotlarni yölga qöyiş masalalari körib çiqildi.
Şuningdek, TİKAning Özbekistondagi vakolatxonasi tomonidan 2027-yilda amalga oşirilişi rejalaştirilgan loyihalar doirasida hamkorlikni kengaytiriş, Turkiyaning ilğor tajribasi va texnologiyalarini mamlakat agrar sohasiga tatbiq etiş istiqbollari körib çiqildi.
Uçraşuv yakunida tomonlar istiqbolli loyihalarni birgalikda işlab çiqiş, mavjud ilmiy salohiyat va resurslardan samarali foydalaniş hamda Özbekiston va Turkiya örtasidagi agrar sohadagi özaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş böyiça kelişuvga erişdilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:






