logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda doktoranturaga kiriş imtihonlari davom etmoqda

view 7

  Toşkent davlat agrar universitetida 2027-yil uçun tayanç doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) hamda mustaqil izlanuvçilikka hujjat topşirgan talabgorlar uçun kiriş imtihonlari va suhbat jarayonlari davom etmoqda. Ayni vaqtda örmon ekinlari, seleksiya, uruğçilik va kökalamzorlaştiriş, dorivor ösimliklar introduksiyasi, tuproqşunoslik, sabzavotçilik, mevaçilik va uzumçilik, şuningdek, çorvaçilik yönalişlari böyiça imtihonlar belgilangan jadval asosida taşkil etilmoqda.
Maxsus imtihon komissiyasi tomonidan talabgorlarning mutaxassislik fanlari böyiça bilimlari, ilmiy tadqiqot işlari taqdimotlari, tanlangan mavzularning dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati baholanmoqda. Imtihon jarayonlari talabgorlarning ilmiy salohiyati, mustaqil tadqiqot olib boriş könikmalari hamda ilmiy izlanişlarga tayyorgarlik darajasini aniqlaşga qaratilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

No posts

1930-yilda Örta Osiyo davlat universitetining qişloq xöjaligi fakulteti negizida Örta Osiyo qişloq xöjaligi instituti taşkil etildi. 1934–1991-yillarda uşbu institut Toşkent qişloq xöjaligi instituti nomi bilan faoliyat yuritdi. 1991-yil aprel oyida institutga Toşkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.