Toşkent davlat agrar universitetida “Ilm sari yöl: olima ayollar va yoş avlodning yangi imkoniyatlari” mavzusida olima ayollar va talaba-qizlar iştirokida davra suhbati taşkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi olima ayollar va yoş avlod örtasida ilmiy muloqotni rivojlantiriş, talaba-qizlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb etiş, ularning intellektual salohiyati va ilmiy taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşdan iborat böldi.
➡️Davra suhbatining oçilişida Toşkent davlat agrar universiteti rektori Narzullo Oblomuradov, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi qömita raisining örinbosari Zuhra Mirgaziyeva, Özbekiston “Agrar soha ayollari” uyuşmasi raisi Adiba Axmedjanova, Toşkent viloyati xotin-qizlar “OLIMA” uyuşmasi raisi Dilbar Raşidova hamda universitet ayol xodimalari, öqituvchilari iştirok etdi.
➡️Tadbir davomida “Olima ayol — ilm-fan taraqqiyotining faol iştirokçisi”, “Mening birinçi ilmiy qadamim”, “Ustoz — şogird: ilmga olib boruvçi yöl”, “Ilmiy maqola: ğoyadan xalqaro jurnalga qadar”, “Grant va ilmiy loyiha — yangi imkoniyatlar eşigi” kabi yönalişlarda ma’ruzalar tinglandi.
✅Toşkent davlat agrar universiteti professor-öqituvçilari, doktorantlari va magistrantlari ham öz ilmiy izlanişlari, tajribalari hamda istiqbolli taşabbuslari bilan iştirok etib, ilm-fanda yoşlar, xususan, xotin-qizlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almaşdilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:



