Toşkent davlat agrar universiteti hamda Özbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengaşi hamkorligida “Soğlom oila – mustahkam jamiyat asosi” mavzusida oçiq muloqot bölib ötdi. Unda Özbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengaşi Ijroiya qömitasi xodimlari, Xalq deputatlari Qibray tumani Kengaşi deputatlari, universitet professor-öqituvçilari hamda talabalar iştirok etdi. Muloqot davomida soğlom oila muhitini şakllantiriş, ekologik madaniyatni yuksaltiriş, atrof-muhit musaffoligi va inson salomatligi örtasidagi uzviy boğliqlik, soğlom avlod tarbiyasida ekologik barqarorlikning ahamiyati muhokama qilindi. Şuningdek, soğlom ovqatlaniş, kundalik hayotda soğlom turmuş tarziga amal qiliş, xotin-qizlar salomatligini muhofaza qiliş hamda uşbu jarayonlarda zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalaniş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:
Shuningdek o'qing
No posts




