favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Tez-tez so‘raladigan savollar

Men harbiy qism tavsiyanomasiga egaman. Men ushbu tavsiyanomam bilan 5 ta yo‘nalishni tanlay olamanmi? Agar mumkin bo‘lsa imtiyozim qanday qo‘llaniladi?

Harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abiturientlar ham 5 tagacha bakalavriat ta'lim yo‘nalishini tanlashi mumkin. Faqatgina ushbu tavsiyanoma bo‘yicha imtiyoz birinchi tanlangan ta'lim yo‘nalishiga nisbatan tatbiq etiladi. Agar talaba test sinovi natijalariga ko‘ra imtiyozi bo‘yicha birinchi ta'lim yo‘nalishiga talabalikka tavsiya etilmaganda, to‘plagan bali bilan tanlangan barcha ta'lim yo‘nalishlariga umumiy tanlovda ishtirok etadi

Javoblar varaqasi nima?

Javoblar varaqasi bu test topshiriqlari kitobidagi har bir topshiriqning bajarilishi natijasida tanlagan javobning bittasini belgilashga mo‘ljallangan va abituriyentning bilimini baholash uchun asos hisoblanadigan yagona hujjat.

Jiyanim Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanomasini oldi. Jiyanim ushbu tavsiyanoma bilan oliy ta'lim muassasasiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadimi?

2021/2022 o‘quv yiliga xotin-qizlar uchun jami 2000 ta alohida davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari hududlar kesimida ajratildi. Ushbu qabul ko‘rsatkichlariga tegishli tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar orasidan eng yuqori ball to‘plaganlari qabul qilinadi. Tavsiyanomaga ega bo‘lgan ammo ajratilgan alohida davlat grantiga tavsiya etilmagan xotin-qizlar test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari bilan tanlagan beshtagacha bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga umumiy tanlovda ishtirok etishi mumkin.

Test topshiriqlari kitobi nima?

Test topshiriqlari kitobi belgilangan fanlar majmuasi bo‘yicha test topshiriqlarini o‘z ichiga olgan savollar to‘plami.

Test sinovlari necha kun, necha smenada va boshlanish vaqti to‘g‘risida ma'lumot bering?

Test sinovlari kunduzgi, maxsus sirtqi va kechki (smenali) ta'lim shakli uchun har yili 1 avgustdan 15 avgustgacha bo‘lgan muddatda, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi. Birinchi smena soat 08:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.

Abituriyent test sinovlariga qatnashish kuni va vaqtini qanday bilib oladi?

Abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyent uchun mazkur sana va vaqt qat'iy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsat berilmaydi. Abituriyent test sinoviga qatnashish vaqti va kunini Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali ham bilib olishi mumkin.

Abituriyent agar test sinovlariga kechikib qolsa, boshqa biror kun va vaqt ajratilishi mumkinmi?

Abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyent uchun mazkur sana va vaqt qat'iy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsat berilmaydi.

Abituriyentlarga beriladigan savollar nimaga asoslanib tuziladi?

Test topshiriqlari umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining umumta'lim fanlari o‘quv dasturlariga muvofiq tuziladi.

Abituriyentlarga beriladigan test topshiriqlari kitobida nechta fandan test topshiriqlari bo‘ladi?

Abituriyentlar tanlagan ta'lim yo‘nalishiga qarab tegishli ravishda bir, ikki yoki uchta fan majmuasi bo‘yicha test sinovini topshiradi.

Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan chet tilini bilish darajasi (B2 va undan yuqori bo‘lgan) to‘g‘risidagi sertifikatga ega abiturientlar qanday imtiyozlar beriladimi?

Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi B2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega bo‘lgan abiturientlarga ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatni qabul jarayonida taqdim etganda oliy ta'lim muassasalari bakalavriatining kirish test sinovlari fanlar majmuasiga chet tili fani (ingliz, fransuz, nemis) kiritilgan yo‘nalishlarda mos chet tili fanidan belgilangan maksimal ball beriladi va ular chet tili fanidan test sinovi topshirmaydi.

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.