favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Xo’jalik bo’limi

Umumiy qoidalar


1. Toshkent davlat agrar universiteti Texnik-foydalanish va xo‘jalik bo‘limi siyosati va maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibi, shuningdek, rahbar-xodimlarning funktsional vazifalari va mas’uliyatini belgilashga qaratilgan. Shuningdek, rivojlanish yunalishlarini, rahbarligidagi xodimlarini umumiy boshqarish, universitet atrof muhitini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga rahbarlik qilish, universitet binolari va atrof muhitini talab darajada saqlanish, ularga xizmat ko‘rsatish ishlarini boshqarish, o‘quv, laboratoriya va talabalar turar joylari binolarini o‘quv va yumshoq mebel bilan jihozlash ishlarini boshqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yishini tartibga soladi.


2. Bo‘lim o‘z faoliyatida bevosita Texnik-foydalanish va xo‘jalik bo‘limi hisobot berish tartibi masalalari bo‘yicha Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektorga bo‘ysunadi.


3. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari, qarorlari va farmoyishlariga, Universitetning buyruqlari, umumiy yig‘ilish va kengashining qarorlari va raxbariyatning qonuniy topshiriqlariga amal qiladi.


Bo‘lim faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va funksiyalari


4. Quyidagilar bo‘lim faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:


Universitet Qishloq xo‘jaligi sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashda universitet professor-o‘qituvchilari uchun o‘quv amaliyoti tashkil etish hamda uni o‘tkazishda kafedra, labaratoriya ma’ruza xonalarida shart-sharoitlar yaratish;


Universitet bo‘limlari va kafedralari xodimlarining yong‘inga qarshi chora-tadbirlari to‘la rioya qilishlarini nazoratini olish;


Davlat mulkini asrab avaylab saqlash va moddiy boyliklarni inventarizatsiyadan o‘tkazish;


Universitet hududidagi o‘quv-labaratoriya binolari, talabalar turar joylarini joriy va kapital ta’mirlash ishlarining yillik rejasini tayyorlash va ularni defekt aktlari orqali tuzilgan smeta-loyiha asosida joriy va kapital ta’mirlash ishlarining bajarilishini nazorat qilish;


5. Universitetning tegishli hududlarida, o‘quv binolari va talabalar turar joylarida kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazib borish;


Barcha o‘quv binolari va talabalar turar joylarda joylashgan ijarachilar va oshhonalarni shart-sharoitlarini o‘rganib, shartnomalarni nazorat qilib borish;


O‘quv binolar va talabalar turar joylarini o‘quv yiliga tayyorlab borish;


Universitet hududida joylashgan barcha talabalar turar joylari, o‘quv binolari yer to‘lalarini gigenik holatini doimiy nazorat qilib borish;


kuzgi-qishgi mavsumiga tayyorgarlik, deraza va eshiklarni ta’mirlash, duradgorlik va santexnika ishlarini doimiy nazorat qilib borish;


bo‘limida faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi va xizmatchi xodimlar bilan dolzarb vazifalarni bajarishga qaratilgan yig‘ilishlar o‘tkazib borish;


Universitetga tegishli bo‘lgan hududlarni va binolarining atrof muhitini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga nazorat qilib ozoda holda saqlash;


Universitet binolari va atrof muhitini talab darajada saqlanish, ularga xizmat ko‘rsatish ishlarini boshqarish;


O‘quv, laboratoriya va talabalar turar joylari binolarini o‘quv va yumshoq mebellar bilan ta’minlash;


xo‘jalik ishlariga ajratilgan mablag‘ va xo‘jalik ashyolarini tejamli sarflanishini nazorat qilish;


Davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, tadbirkorlikni, hamkorlikni, bu borada universitetga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash.

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.