• uzbekistan
  • uzbekistan
  • Русский
  • English

Yoshlar ittifoqi Boshlang’ich tashkiloti

link

Muhammadaminov Sarvarbek Nodirbek o'g'li

Yoshlar yetakchisi
Muhammadaminov Sarvarbek Nodirbek o'g'li

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, yoshlarni tashqi tahdidlar va “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan muhofaza qilish, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko‘maklashish va shart-sharoitlarni yaratish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan ittifoq tashkiliy-huquqiy shaklida tuzilgan, O‘zbekiston yoshlarini birlashtiruvchi nodavlat-notijorat tashkilotidir.

Ittifoqning asosiy maqsadi yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat. Ittifoqqa yuridik va jismoniy shaxslar a’zo bo‘lish mumkin. Ya`ni, Ittifoqning maqsadini qo‘llab-quvvatlash istagini bildirgan,14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida muntazam yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan jismoniy shaxslar Ittifoqning a’zosi bo‘lishi mumkin

O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining Toshkent davlat agrar universitetidagi tashkiliy tuzilmasi:

Boshlang‘ich tashkilot yetakchisi: S.Muhammadaminov

6ta asosiy koordinatorlar:

-Harbiy-vatanparvarlik loyihalar koordinatori

-Intellektual loyihalar koordinatori

-Besh muhim tashabbus loyihalar koordinatori

-Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori

-Yoshlar daftari va metsenantlik loyihalar koordinatori

-Talaba qizlar koordinatori

7ta fakultet koordinatorlari:

-Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti koordinatori

-O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti koordinatori

-Zooinjeneriya fakulteti koordinatori

-Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash fakulteti koordinatori

-Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti koordinatori

-Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti koordinatori-O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti koordinatori