Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Özbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligi hamda Afğoniston Qişloq xöjaligi vazirligi vakillari vazir örinbosarlari darajasidagi Videokonferensiya şaklida bölib ötgan muloqotda Toşkent davlat agrar universiteti rahbariyati ham qatnaşdi. Uçraşuvda ikki mamlakat örtasida qişloq xöjaligi, oliy ta’lim va ilm-fan sohalaridagi hamkorlikni rivojlantiriş, tajriba almaşiş hamda ilmiy aloqalarni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.Xususan, TDAU tomonidan Afğoniston yoşlari uçun agrar soha mutaxassislarini tayyorlaşga kömaklaşiş, maxsus ta’lim dasturlarini joriy etiş va öquv kurslarini taşkil qiliş böyiça takliflar bildirildi. Şuningdek, mahalliy mutaxassislar uçun öquv maşğulotlarini taşkil etiş hamda pedagog kadrlar malakasini oşiriş masalalari körib çiqildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



