favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Universitet haqida

Toshkent davlat agrar universiteti 1930-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunga kelib O‘zbekiston agrar sohasining ilg‘or oliy ta’lim va ilmiy markazlaridan biriga aylangan. Universitet tarkibida 8 ta fakultet va 26 ta kafedra faoliyat yuritadi. Ta’lim 32 ta bakalavriat yo‘nalishi va 44 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha olib boriladi. Universitetda 15000 dan ortiq talaba tahsil olmoqda.

Sifatli ta’lim berish asosiy vazifamiz

Qishloq xo‘jaligi sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, zamonaviy hamda innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish orqali agrar tarmoqning barqaror rivojlanishini ta’minlashdan iborat.

Biz agrar soha yetakchilarini tarbiyalaymiz!

Bugungi kunda universitetda 549 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Shundan fan doktorlari 116 nafar, fan nomzodlari (PhD bilan birgalikda) 274 nafar, katta o‘qituvchilar 57 nafar, assistentlar 102 nafar bo’lib, ilmiy salohiyat 71,2 foizni tashkil etadi.

Universitet AQSh, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy kabi davlatlardagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. TDAU huzurida 20 dan ortiq zamonaviy ilmiy laboratoriyalar faoliyat ko‘rsatmoqda, ularda har yili 50 dan ziyod ilmiy-tadqiqot loyihalari amalga oshiriladi.
  • 8
    Fakultetlar soni
  • 80
    Bakalavr va magistratura ta'lim yo'nalishlari
  • 14485
    Talabalar soni
  • 71
    Ilmiy salohiyat (%)
logo

Biz agrar soha yetakchilarini tarbiyalaymiz!

1930

Universitet haqida

Toshkent davlat agrar universiteti 95 yillik faoliyati davomida mamlakat agrar sohasi taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shib kelmoqda. Universitetda yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. TDAU o‘zining boy tarixiy merosi, ilmiy salohiyati, zamonaviy infratuzilmasi va xalqaro aloqalari bilan agrar ta’limning milliy va xalqaro maydondagi ilg‘or namunasiga aylangan.
История факультета

Rektorat

Batafsil arrow
  • Oblomuradov Narzullo Naimovich
    Oblomuradov Narzullo Naimovich
    Universitet rektori
  • Mamadiyarov Dilshod Uralovich
    Mamadiyarov Dilshod Uralovich
    Moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektor
  • Abduvasikov Abduaziz Abdulazizovich
    Abduvasikov Abduaziz Abdulazizovich
    Xalqaro hamkorlik, transformatsiya va strategik rivojlanish bo‘yicha prorektori
  • Lapasov Jasur Olimjonovich
    Lapasov Jasur Olimjonovich
    Yoshlar masalalari va maʼnaviy-marifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori
  • Boboyev Sayfulla G‘afurovich
    Boboyev Sayfulla G‘afurovich
    O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori
  • Sultonov Komolitdin Sadriddinovich
    Sultonov Komolitdin Sadriddinovich
    Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.