favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“1+1” qo‘shma dastur: TDAU talabalari Xitoy universitetiga suhbat asosida qabul qilinmoqda

view 47

Toshkent davlat agrar universiteti va Xitoy Xalq Respublikasining Shimoliy-g‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasiga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun 1+1 qo‘shma ta’lim dasturi doirasida talabalar qabuli e’lon qilindi. Dastur Biznesni boshqarish, Chorvachilik, Mevachilik, Agronomiya, O‘simliklar himoyasi va karantini kabi magistratura yónalishlarini qamrab oladi. Ushbu qo‘shma ta’lim dasturi doirasida 1 yil Toshkent davlat agrar universitetida, 1 yil esa Xitoydagi hamkor oliygohda o‘qishni davom ettiradi.


Ayni paytda Xitoydagi Shimoliy-g‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti vakillari tomonidan talabalarni qabul qilish jarayoni olib borilmoqda. Qabul ikki tomonlama shartnomaga asosan, suhbat asosida amalga oshirilmoqda.


Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.