logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni muborak bo‘lsin!

view 86

Bolalar — hayotimiz quvonchi va kelajagimiz poydevoridir. Ushbu go‘zal ayyomda barcha jajji bolajonlarimizga sog‘lik-salomatlik, cheksiz quvonch va baxtli bolalik tilaymiz!
Aynan mana shunday ezgu niyatlar bilan, an’anaviy tarzda mamlakatimizda beg‘araz xayriya va ijtimoiy aksiyalar tashkil etib kelinadi. Jumladan, O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi Markazi Apparati tomonidan tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bolalar salomatligini muhofaza qilish hamda jamiyatda mehr-oqibat va insonparvarlik muhitini mustahkamlash maqsadida “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostida beg‘araz donorlik aksiyasi an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.
Joriy yilning 1–3-iyun kunlari Respublika qon quyish markazi hamda uning hududiy bo‘linmalarida onkologik kasallikka chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida beg‘araz donorlik aksiyasini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ushbu ezgu tashabbusda ixtiyoriy ravishda qon topshirish orqali faol ishtirok etishga chaqiramiz. Bolajonlarimizning yuzidagi tabaqum va hayotga bo‘lgan umidlari barchamizning eng katta baxtimizdir!
Yana bir bor bayram muborak bo‘lsin, aziz bolajonlar!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.