Toşkent davlat agrar universiteti huzuridagi ilmiy kengaş yiğilişida Tojikiston Respublikasi fuqarosi, 81 yoşli olim Munimçon Abdusamatov qişloq xöjaligi fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini oliş uçun tayyorlangan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Olimning “Suğoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxşilaşning ilmiy asoslari va xöjalik içidagi suğoriş tizimlarining işlaşini takomillaştiriş masalalari (Vaxş havzasi hududining quyi qismi şaroitida)” mavzusidagi tadqiqoti suv resurslaridan samarali foydalaniş, suğoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş va suğoriş tizimlari samaradorligini oşirişga qaratilgan.
Munimçon Abdusamatov köp yillik ilmiy faoliyati davomida suv xöjaligi, gidrotexnika, melioratsiya va ekologiya yönalişlarida izlanişlar olib borgan. Dissertatsiya mavzusi doirasida jami 33 ta ilmiy iş çop etilgan. Şulardan 16 tasi ilmiy jurnallarda, jumladan, 3 tasi xalqaro jurnallarda va 1 tasi Scopus bazasiga kiruvçi jurnalda naşr etilgan.
Ijtimoiy tarmoqlar:






