logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Universitet tibbiy bo’limida Xotin-qizlar masalalari maslahat kengashi tashabbusi bilan talaba-qizlar va xo’jalik bo’limi ayol xodimlari reja grafik asosida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish boshlandi.

view 80

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PQ–4513-sonli qarori hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalar uchun tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish maqsadida Toshkent davlat agrar universitetida keng qamrovli tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Mazkur chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rik “Sog‘lom avlod uchun” nodavlat xayriya fondi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Universitet Xotin-qizlar kengashi raisi G.Shodmonova ushbu tibbiy ko‘rik barcha ishtirokchilar uchun bepul va qulay tarzda tashkil etilayotganligini ta’kidladi.

Tasdiqlangan reja grafik asosida o’tkazilishi rejalashtirilgan uchbu tibbiy ko’rikning 12- may sanasida 76 nafar xo’jalik bo’limi xodimalari malakali mutaxassislar tomonidan zamonaviy tibbiyot jihozlari bilan puxta tekshirilib kerakli tavsiyalar berildi.

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.