logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Xalqaro loyihalarni jalb etish bo‘limi


Universitetimizning xalqaro hamkorlari

TDAU Logotipi

Toshkent Davlat Agrar Universiteti

Xalqaro loyihalarni jalb etish bo‘limi

Xalqaro loyihalarni jalb etish bo‘limi

Xalqaro loyihalar bo‘limi, ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va oliy ta’lim sohasida xalqaro integratsiyani mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Uning asosiy missiyasi ilg‘or texnologiyalar va bilimlarni uzatishni ta’minlash, shuningdek, akademik muassasalar, davlat idoralari va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida strategik hamkorlik va mustahkam tarmoqlarni rivojlantirishdan iborat.

Toshkent Davlat Agrar Universitetining xalqaro loyihalarni jalb qilish bo`limi halqaro ilmiy-tadqiqot loyihalar portfeli global muammolarga jahon darajasidagi tadqiqotlar va bilim almashinuvi orqali yondashadi hamda ijtimoiy va ekologik ta’sirini inobatga olgan holda faoliyatini olib boradi.

Jahon miqyosidagi rivojlanish prioritetlariga muvofiq, bo‘lim, iqlim o‘zgarishi, yashil iqtisodiyotga o‘tish, barqaror oziq-ovqat tizimlarini boshqarish hamda oziq-ovqat xavfsizligi va oziqlanishini ta’minlash kabi muhim vazifalarni hal qilishda faol ishtirok etadi.

Hozirda universitet bir nechta nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlik olib bormoqda

  • Yevropa Ittifoqi (Horizon 2020, Erasmus+ dasturlari)
  • Jahon Banki
  • Birlashgan Millatlar Tashkiloti va u bilan hamkorlik qiluvchi xalqaro tashkilotlar
  • FAO – Food and Agriculture Organization
  • UNDP – United Nations Development Programme
  • UNICEF – United Nations Children’s Fund
  • ASK Facility – Access to Seeds Knowledge Facility
  • WTO – World Trade Organization
  • OECD – Organisation for Economic Co-operation and Development
  • Germaniya Xalqaro Hamkorlik Korporatsiyasi (GIZ) – Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit
  • DAAD – Deutscher Akademischer Austauschdienst
  • AZ-Germany Consulting GmbH
  • JAC-Vermittlung GmbH
  • Koreya – Koica, Kopia

Xalqaro Hamkor tashkilotlar

Universitetimiz bilan hamkorlik qiluvchi xalqaro tashkilotlar va dasturlar:

Yevropa Ittifoqi (Horizon 2020, Erasmus+ dasturlari)
Jahon Banki
BMT va u bilan hamkorlik qiluvchi xalqaro tashkilotlar:
FAO – Food and Agriculture Organization
UNDP – United Nations Development Programme
UNICEF – United Nations Children’s Fund
ASK Facility – Access to Seeds Knowledge Facility
WTO – World Trade Organization
OECD – Organisation for Economic Co-operation and Development
Germaniya Xalqaro Hamkorlik Korporatsiyasi (GIZ) – Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit
DAAD – Deutscher Akademischer Austauschdienst
AZ-Germany Consulting GmbH
JAC-Vermittlung GmbH
Koreya – Koica, Kopia

Xalqaro loyihalar tashabbuslari iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qiladi.

Ushbu loyihalar tajriba, innovatsiyalar va moliyaviy resurslar almashinuvi orqali o‘zaro rivojlanishni ta’minlaydi

Tashabbuslarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlash uchun bo‘lim quyidagilarga e’tibor qaratadi

Loyiha boshqaruvining professional va strategik yondoshuvi

Mavjud moliyaviy resurslar va moliyaviy vositalarni samarali qo‘llash

O‘zining maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati orqali Xalqaro loyihalarni jalb etish bo‘limi universitetning global faoliyatiga sezilarli hissa qo‘shadi va uni xalqaro maydonda innovatsiya va ilm-fan hamda ilg‘or tajribalar markaziga aylantirish missiyasiga xizmat qiladi

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.