logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Вiznеsni boshqarish (Master of Вusinеss Administration - МВА)

70410901 – “Вiznеsni boshqarish (Master of Вusinеss Administration – МВА)”
Iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislik bo’lib, barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o’qitish, O’zbekiston Respublikasi Fаnlаr akademiyasi vа tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, turli mulkchilik shaklidagi korxonalarida, nodavlat vа notijorat tashkilotlarida, markaziy vа mahalliy davlat boshqaruvi organlarida, kichik biznes vа xususiy tadbirkorlik sub’ektlarida iqtisodiy faoliyatni tashkil etish vа boshqarishga oid kompleks masalalarni hal etish, mutaxassislikka oid kasbiy ko’nikmaga, mutasaddilik kobiliyatiga yo’naltirilgan inson faoliyatining kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Bitiruvchilar oliy ta’lim, qayta tayyorlash vа malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat, Fаnlаr akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarida hamda oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot faoliyati va jarayonlar, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar vа hodisalarni, mirko vа makro iqtisodiy korxonalarda faoliyat yuritishlari mumkin.

Вiznеsni boshqarish (Master of Вusinеss Administration - МВА)

Umumiy ma'lumot

Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar
Вiznеsni boshqarish (Master of Вusinеss Administration - МВА)
  • Yo'nalish kodi
    70410901
  • O'qish davomiyligi
    2 yil
  • Davlat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Ta'lim shakli
    Kunduzgi
  • Ta'lim darajasi
    Magistr
  • Xalqaro akkreditatsiya
    Mavjud emas

Asosiy fanlar

  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
  • Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
  • Xalqaro tadbirkorlik
  • Biznesni rejalashtirish
  • Bojxona ishi
  • Tanlov fanlari
  • Boshqaruv nazariyasi va amaliyoti
  • Inson kapitalini boshqarish
  • Biznes menejment
  • Moliyaviy menejment
  • MBA loyihalash
  • Boshqaruv tizimlari
  • Operatsion menejment
  • Savdo jarayonlarni boshqarish
  • Liderlik va ishbilarmonlik etikasi
  • Barqaror rivojlanishning global va mintaqaviy iqtisodiyoti
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.