logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Agrotuproqshunoslik va agrofizika

Agrotuproqshunoslik va agrofizika, pedagog-tadqiqotchi – magistratura ta’lim yo‘nalishi qishloq xo‘jalik yerlarini agroekologik monitoringi, qishloq xo‘jaligi yerlari holatiga ta’sir etuvchi tabiiy va antropogen omillar, tuproqni himoyalovchi dehqonchilik tizimlarini joriy qilish, tuproqqa turli ishlov berish usullari, yer resurslaridan oqilona foydalanishni boshqarish modellarini ishlab chiqishga oid vazifalarni amalga oshirirish bo‘yicha uslub va usullari bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

Agrotuproqshunoslik va agrofizika

Umumiy ma'lumot

О‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti
Agrotuproqshunoslik va agrofizika
  • Yo'nalish kodi
    70810201
  • O'qish davomiyligi
    2 yil
  • Davlat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Ta'lim shakli
    Kunduzgi
  • Ta'lim darajasi
    Magistr
  • Xalqaro akkreditatsiya
    Mavjud emas

Asosiy fanlar

  • Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi
  • Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
  • Agrotuproqshunoslikda ilmiy-tadqiqot uslublari
  • Antropogen tuproqlar
  • Tuproq-geobotanik tadqiqot uslublari
  • Tuproq bonitirovkasining ilmiy asoslari
  • Yerlarni agroekologik baholash
  • O‘zbekiston tuproqlarining agrofizikasi
  • Yer resurslaridan foydalanish
  • Tuproq iqlimshunosligining ilmiy asoslari
  • Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish
  • Ilmiy-pedagogik ish
  • Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish)
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.