logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko'kalamzorlashtirish

О‘rmonchi muhandis – о‘rmon xо‘jaliklari, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish tashkilotlarida faoliyat yurituvchi mutaxassis bо‘lib, o‘rmonlarni ko‘paytirish, o‘rmon maxsulotlarini ishlab chiqarish, ko‘chat yetishtirish kabi vazifalarni bajaradi.

Landshaft dizayner – aholi yashash joylari, istirohat bog‘lari, avtomobil yо‘llari va kо‘chalarni kо‘kalamzorlashtirish, manzarali ko‘chatlarni yetishtirish, landshaft dizayn loyihalarini ishlab chiqish kabi vazifalarni bajaradi.

Dars mashg‘ulotlari О‘rmon xо‘jaligi va landshaft dizayn fakultetida, Toshkent botanika bog‘ida va O‘rmon xо‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutida olib boriladi.

O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko'kalamzorlashtirish

Umumiy ma'lumot

О‘rmon xо‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti
O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko'kalamzorlashtirish
  • Yo'nalish kodi
    60820100
  • O'qish davomiyligi
    4 yil
  • Davlat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Ta'lim shakli
    Kunduzgi
  • Ta'lim darajasi
    Bakalavr

Asosiy fanlar

  • Dendrologiya
  • O‘rmonchilik
  • Aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish
  • Manzarali bog‘dorchilik va gulchilik
  • O‘rmon taksatsiyasi va o‘rmon tuzish
  • O‘rmon urug‘chiligi va ko‘chatchiligi
  • O‘rmon melioratsiyasi
  • Bog‘-park qurilishi va loyihalashtirish
  • Madaniy o‘rmonlar
  • O‘rmon seleksiyasi
  • O‘rmondan qo‘shimcha foydalanish
  • O‘rmon yong‘inlari va ularga qarshi kurash
  • Lalmikor yerlarda o‘rmon barpo etish
  • Interer o‘simliklar
  • Vertikal ko‘kalamzorlashtirish
  • Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish
  • Landshaft san’ati va qurilishi
  • O‘rmondan foydalanish
  • Ovshunoslik
  • Davlat o‘rmon fondida ekoturizm
  • Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
  • O‘rmonchilikda ilmiy izlanish asoslari
  • Muxandislik geodeziyasi va topografik chizmachilik
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.