Oblomuradov Narzullo Naimovich
1996 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini hamda 2000 yilda Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya) magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodçi. Iqtisod fanlari doktori, professor.
Mehnat faoliyati davomida oliy ta’lim tizimida, bank-moliya sohasida hamda davlat boşqaruv organlari tizimida mas’uliyatli lavozimlarda xizmat körsatgan.
Yangi Özbekistondagi islohotlar jarayonida, jumladan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş, qişloq xöjaligini rivojlantiriş va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş, yuqori malakali kadrlarni tayyorlaş va ilm-fan taraqqiyoti bilan boğliq ustuvor vazifalar va davlat dasturlari ijrosini ta’minlaşda faol iştirok etib kelmoqda.
Oblomuradov Narzullo Naimoviç 2017–2020 yillarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida mas’ul lavozimlarda faoliyat körsatgan.
2020/2021-yillarda Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisining birinçi örinbosari, 2021/2022-yillarda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisi lavozimlarida faoliyat körsatgan. 2021/2022-yillarda Özbekiston Ekologik partiyasi raisi lavozimida faoliyat olib borgan.
2023-yilda Özbekiston Respublikasi Tabiiy resurslar vazirining örinbosari, 2023/2024-yillarda Toşkent moliya institutining ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori, 2024-yilda Toşkent davlat agrar universitetining öquv işlari böyiça prorektori lavozimlarida faoliyat körsatgan.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegişli farmoyişiga muvofiq, N.N. Oblomuradov 2024-yil noyabridan Toşkent davlat agrar universitetining rektori lavozimiga tayinlangan.
N.N. Oblomuradov Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 avgustdagi Farmoni bilan “Sodiq xizmatlari uçun” medali, şuningdek, “Özbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil”, “Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” hamda “Özbekiston Konstitutsiyasiga 30 yil” esdalik nişonlari bilan taqdirlangan.
-
Ta'lim
-
1996Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
-
2000Birmingem universiteti
-
