logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

lqtisodiyot

Iqtisodiyot – xо‘jalik tarmoqlarida iqtisodiy jarayonlarni samarali boshqarish, resurslardan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish xarajatlari va daromadlar tahlili, agrobiznes va bozor munosabatlarini chuqur о‘rganishga qaratilgan.
Ushbu yо‘nalish talabalari iqtisodiy nazariya, buxgalteriya hisobi, soliqqa tortish, moliyaviy tahlil, makro va mikroiqtisodiyot, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, menejment va marketing sohalari bо‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bо‘ladilar.
Iqtisodchi — moliya, tahlil, davlat boshqaruvi, korxonalarni boshqarish va investitsiya rejalashtirish sohalarida talab yuqori bо‘lgan mutaxassisdir. U bozorlarni tahlil qiladi, iqtisodiy jarayonlarni bashorat qiladi, biznes rivojlanishi strategiyalarini ishlab chiqadi va xо‘jalik faoliyati samaradorligini baholaydi.
Bitiruvchilar qishloq xо‘jaligi korxonalari, fermer xо‘jaliklari, agrosanoat majmualari, moliya va soliq organlari hamda davlat boshqaruv tashkilotlarida iqtisodchi, tahlilchi va menejer sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.
«Agroiqtisodiyot» kafedrasi iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda ma’sul kafedra hisoblanadi.

lqtisodiyot

Umumiy ma'lumot

Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar
lqtisodiyot
  • Yo'nalish kodi
    60410100
  • O'qish davomiyligi
    4 yil
  • Davlat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Ta'lim shakli
    Kunduzgi
  • Ta'lim darajasi
    Bakalavr

Asosiy fanlar

  • Iqtisodiyot nazariyasi 1,2
  • Amaliy matematika 1,2
  • Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar
  • Iqtisodiy ta’limotlar tarixi
  • Akademik ko'nikmalar va kasbiy kompetentlik
  • Statistika
  • Ekonometrikaga kirish
  • Amaliy ekonometrika
  • Mikroiqtisodiyot 1,2
  • Makroiqtisodiyot 1,2
  • Atrof-muhit iqtisodiyoti va iqlim oʻzgarishi
  • Iqtisodiy siyosat
  • Iqtisodiyotda ma'lumotlar tahlili
  • Institutsional iqtisodiyot
  • Moliyaviy iqtisodiyot
  • Iqtisodiy xavfsizlik
  • Global iqtisodiy rivojlanish
  • Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish
  • Investitsiya loyihaları tahlilı
  • Tarmoqlar iqtisodiyoti
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.