logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Biznesni boshqarish

Biznes, boshqaruv ta’lim sohasiga oid yo’nalish bo’lib, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish, fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etish, iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikni baholash ko’nikmalariga ega bo’lish, amaliy faoliyatda instrumental vositalarni va ishlab chiqarish muhitini takomillashtirish tashkilot, korxona vа ularning aloxida bo’linmalar tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish, xodimlarning professional tayyorgarlik darajasini oshirib borishni tashkil qilish va boshqarish, mehnat salohiyatidan samarali foydalanishni rejalashtirish, mehnatni rag’batlantirish tizimini уо’lga qo’yish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar.
Bitiruvchilar kooperatsiyalar, agrosanoat korxonalari, fermer xo‘jaliklari va davlat tashkilotlarida menejer va boshqaruvchi, tadbirkorlik faoliyatini olib boruvchi korxonalarda bo‘lim rahbari sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.

Biznesni boshqarish

Umumiy ma'lumot

Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar
Biznesni boshqarish
  • Yo'nalish kodi
    61010900
  • O'qish davomiyligi
    4 yil
  • Davlat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Ta'lim shakli
    Kunduzgi
  • Ta'lim darajasi
    Bakalavr

Asosiy fanlar

  • Akademik ko‘nikmalar va kasbiy kompetentlik
  • Biznes asoslari
  • Oilaviy tadbirkorlik
  • Tadbirkorilk va innovatsiyalar
  • Menejment
  • Kompaniyalar tashkil etish va boshqarish
  • Liderlik
  • Ta’minot zanjirini boshqarish
  • Biznes strategiyasi
  • Biznesni raqamlashtirish
  • Biznesni baholash
  • Moliyaviy menejment
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.