Toshkent davlat agrar universiteti Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti, Yurisprudensiya yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Laylo Khayrulloevna Nurullaeva xalqaro miqyosdagi yirik yutuqga ya’ni Slovakiya Respublikasi Milliy Stipendiya Dasturi (NSP) grantini qo‘lga kiritdi! Ushbu yutuq quyidagi imkoniyatlarni beradi. Slovakiyaning Trnava Universitetida va huquq fakultetida 5 oy davomida bepul ilmiy faoliyat olib borish huquqi hamda har oy stipendiya hamda 750 yevro yo‘l xarajatlari bilan ta’minlanadi! Bu grant oddiy dastur emas – Yevropa davlatlari tomonidan moliyalashtiriladigan, dunyo bo‘ylab raqobatbardosh nomzodlar ishtirok etadigan rasmiy stipendiya loyihasidir!
Layloning bu yutug‘i nafaqat uning, balki TDAU xalqaro salohiyati va talabalarining keng imkoniyatlarga ochiq eshiklaridan dalolatdir.
