logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Iqtisodiyot

“Iqtisodiyot” yо‘nalishi bо‘yicha magistratura zamonaviy iqtisodiy bilimlarga ega, tahliliy tafakkurga va tez о‘zgaruvchan iqtisodiy muhitda samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish qobiliyatiga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi.
Iqtisodchi-Magistr — bu davlat boshqaruvi organlari, tahliliy markazlar, xalqaro tashkilotlar, moliyaviy institutlar va xususiy kompaniyalarda talab yuqori bо‘lgan mutaxassisdir. U iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, strategik rejalashtirish, investitsiyalarni boshqarish, bozor tendensiyalarini tahlil qilish va iqtisodiy prognozlash bilan shug‘ullanadi.
Bitiruvchilar davlat tashkilotlari, banklar va moliya institutlari, sug‘urta kompaniyalari, sanoat va xizmat kо‘rsatish kompaniyalari, savdo va logistika kompaniyalari, konsalting va audit kompaniyalari, xalqaro tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot va ta’lim sohalarida faoliyat yuritishlari mumkin.
Agroiqtisodiyot kafedrasi iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda ma’sul kafedra hisoblanadi.

Iqtisodiyot

Umumiy ma'lumot

Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar
Iqtisodiyot
  • Yo'nalish kodi
    70410102
  • O'qish davomiyligi
    2 yil
  • Davlat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Ta'lim shakli
    Kunduzgi
  • Ta'lim darajasi
    Magistr
  • Xalqaro akkreditatsiya
    Mavjud emas

Asosiy fanlar

  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
  • Maxsus fanlarni о‘qitish metodikasi
  • Mikroiqtisodiyot-2
  • Makroiqtisodiyot-2
  • Ekonometrika-2
  • Ishlab chiqarishni tashkil etish
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.