logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Arslonquyruq – asab tizimi va yurak faoliyati uchun tabiatdan ajoyib sovg’a!

view 393

Dorivorligi: Arslonquyruq turlari (Leonurus cardiaca va Leonurus turkestanicus) qadimdan yurak, asab va qon bosimi bilan bog‘liq muammolarda qo‘llanilgan. Kuchli tinchtiruvchi, yurak faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi, qon aylanishini yaxshilovchi tabiiy vosita hisoblanadi. O‘simlikni tarkibida alkaloidlar (leonurin, staxidrin), flavonoidlar, iridoidlar, achchiq glikozidlar va efir moyi hamda vitaminlar (askorbin kislotasi) mavjud.
Ilmiy nomi: Oddiy arslonquyruq (Leonurus cardiaca L.) va Turkiston arslonquyrug‘i (Leonurus turkestanicus V.I. Krecz. & Kuprian.)
Xom ashyosi: Yer ustki qismi (Herba Leonuri)
Shifobaxsh xususiyatlari:
• Tabiiy sedativ - asab tizimini tinchlantiradi;
• Yurak urishini sekinlashtiradi va qon bosimini pasaytiradi;
• Uyqusizlik, havotir, nerviylik holatlarida foydali ta’sir etadi;
• Yurak nevrozlari va gipertenziyada qo‘llaniladi.
Qanday ishlatiladi?
• Quritilgan o‘simlik asosida damlama, fitochoy tayyorlanadi;
• Spirtli ekstrakt va tinktura shaklida iste’mol qilinadi;
• Tabletkalar va tomchilar ko‘rinishida biofaol qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi.
Eslatma: Yurak urishini haddan ortiq sekinlashtiruvchi ta’sirga ega bo‘lgani sababli “Bradikardiya”da ehtiyotkorlik bilan ishlatiladi. Homiladorlik va past qon bosimida shifokor nazoratisiz iste’mol qilish mumkin emas.

Muallif: TDAU “Dorivor o‘simliklar” kafedrasi tayanch doktoranti G. Bahodirova

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.